Foto: Wall Street Journal
Hindiston sharqida joylashgan Bixar shtatidagi tilanchi Raju Prasad bir necha oy oldin mobil to‘lov ilovalari orqali xayriyalarni qabul qila boshlagan. Bu haqda Wall Street Journal xabar berdi.
42 yoshli odamning so‘zlariga ko‘ra, bu orqali u daromadini ikki barobarga oshirib, qariyb 300 rupiygacha yetkazgan. Bu, taxminan, 4 dollarni tashkil etadi va u Hindistonning eng qashshoq shtati Bihardagi fermerning o‘rtacha kunlik ish haqidan ko‘p.
Yaqinda Raju Prasad temir chelak va orqasiga QR kodi yopishtirilgan planshet kompyuter ko‘tarib yurishni boshladi.
- Odamlar naqd puli yo‘qligini aytib, meni haydab yuborishardi. Endi ular mening QR kodlarimni skanerlashadi va o‘zlari xohlagan kichik miqdordagi pulni mamnuniyat bilan berishadi, — dedi Prasa.
U pulining katta qismini Nyu-Dehli va Mumbay kabi yirik shaharlardan Bettiah stansiyasiga kelgan yo‘lovchilardan topadi.
Bunday tilanchilar Hindistondagi raqamli moliya inqilobining bir qismi ekanligi, mobil to‘lovlarning keskin o‘sishini tushuntirishga yordam beradi.
Hindistonliklar bir muncha vaqtdan beri raqamli moliyaviy xizmatlarga o‘tmoqda. Bu qisman boylik ortib borayotgani, yaxshilangan internet va arzonroq texnologiyalar bilan bog‘liq.
2015 yilda ishga tushirilgan Digital India hukumat va bank xizmatlarini onlayn yo‘lga qo‘yish hamda texnologiyaga sarmoya kiritish orqali mamlakatning kambag‘al qatlamlarini rasmiy iqtisodiyotga jalb etish orqali iqtisodiy o‘sishni maqsad qilgan.
2020 yilning ikkinchi choragida mobil to‘lovlar bankomatlardan pul yechib olishni ortda qoldirdi va Hindiston shaxsiy iste’molining 30 foizini tashkil etgan.
2021 yilda mobil to‘lovlar o‘tgan yilga nisbatan ikki barobardan ko‘proqqa oshib, qariyb 1 trln dollarni tashkil etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”