1 384
Xitoy Rossiya aviakompaniyalarining Boeing va Airbus samolyotlari uchun havo sarhadini yopdi
Foto: TASS
Xitoy Rossiya aviakompaniyalarining ikkita yurisdiksiyada ro‘yxatga olingan Boeing va Airbus samolyotlari uchun havo sarhadini yopdi. Bu haqda RBK o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy aviatsiya hukumati may oyida barcha aviakompaniyalardan samolyotlarga oid elektron ma’lumotnomani shakllantirishni so‘ragan.
Xitoyga parvozlarni amalga oshiruvchi Rossiya aviakompaniyalari o‘z ma’lumotlarini yangilagan. Ammo Xitoy hukumati ularning import samolyotlari xorijdagi ro‘yxatdan rasman chiqarilganini tasdiqlovchi hujjat so‘ragan. Aviakompaniyalar bunday hujjatni taqdim eta olmagan. Shu sababli xalqaro aviatsiya qonunchiligiga muvofiq, bu samolyotlarning Xitoyga kirishiga ruxsat berilmagan.
Manbaning aytishicha, Xitoy samolyotlar «toza» ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi hujjatni boshqa mamlakatlardan ham talab qilgan.
RBKning yana bir suhbatdoshi samolyotlar boshqa davlatdagi ro‘yxatdan chiqarilgani to‘g‘risidagi hujjatsiz Xitoyga parvozlarga qo‘yilmayotganini tasdiqlagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”