00:13 / 28.05.2022
1 500

Osiyo birinchi marta Rossiyadan sotib olingan neft hajmi bo‘yicha Yevropani ortda qoldirdi

Osiyo birinchi marta Rossiyadan sotib olingan neft hajmi bo‘yicha Yevropani ortda qoldirdi
Foto: Hindustantimes
Kpler tahlilchilariga ko‘ra, o‘tgan haftada tankerlar 74 mlndan 79 mln barrelgacha Rossiya neftini tashidi. Bu 24 fevralgacha bo‘lgan davrga nisbatan qariyb uch barobar ko‘p. Rossiya nefti Yevropaga asosan quvurlar orqali yetkaziladi.

Tahlilchi Jeyn Xi fikricha, aprel oyida Rossiya neftining hajmi rekord darajaga ko‘tarilgan. Unga asosan Hindistondan xaridlar ko‘paygan.

- Osiyodagi ba’zi xaridorlar siyosatdan ko‘ra iqtisodga ko‘proq qiziqishadi. AQSH Hindistonning Rossiya neftini sotib olishiga e’tibor qaratmoqda, shuning uchun bu savdo oqimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin — deydi u.

Ukrainada urush boshlanganidan keyin Yevropa davlatlari Rossiya neftiga to‘liq embargo joriy etish masalasini muhokama qila boshladi, biroq hozircha bu borada to‘liq kelishuvga erishilmadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Osiyo birinchi marta Rossiyadan sotib olingan neft hajmi bo‘yicha Yevropani ortda qoldirdi