15:00 / 28.05.2022
1 727

Afg‘oniston qarshilik kuchlari Panjsherda janglar qayta boshlanganini ma’lum qildi

Afg‘oniston qarshilik kuchlari Panjsherda janglar qayta boshlanganini ma’lum qildi
Foto: «RIA Novosti»
Panjsher darasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, buning oqibatida bir kechada 27 nafar toliblar o‘ldirildi. Bu haqda Afg‘oniston Milliy qarshilik fronti (MQF) rasmiy vakili Ali Maysam Nazariy Twitter orqali ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».

«Toliblarning Qarshilik fronti pozitsiyalariga hujumi qaytarildi», — deyiladi xabarda. Uning aniqlik kiritishicha, shiddatli janglar Afg‘onistonning Panjsher viloyatidagi uchta tumanda 26 may kuni kechqurun boshlangan.

Aamaj News agentligi manbalariga tayanib xabar berishicha, keskin janglardan keyin «Tolibon» a’zolari talafotlar bilan chekinishga majbur bo‘lgan. Milliy front vakili Sebhatulla Ahmadiy keyinroq MQF maxsus kuchlarining qarshi hujumida olti nafar tolibon o‘ldirilganini ma’lum qildi.

«Tolibon» 2021 yil avgustida Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan edi. AQSH va uning ittifoqchilari o‘z qo‘shinlarini olib ketishni boshlaganidan keyin toliblar hujumga o‘tgan edi. Ular navbat bilan yirik shaharlarni egallab, avgust o‘rtasida Kobulga kirdi va davlat to‘liq egallab olinganini e’lon qildi. Prezident Ashraf G‘ani BAAga qochib ketdi.

Qarshilik kuchlari Panjsher viloyatiga to‘plandi. Unga afg‘on urushi davrlaridagi qo‘mondon Ahmadshoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud va G‘ani qochib ketganidan keyin o‘zini davlat rahbari deb e’lon qilgan Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solih rahbarlik qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston qarshilik kuchlari Panjsherda janglar qayta boshlanganini ma’lum qildi