Misrlik xattot talaba qiz Hojar Abdul Rauf Abdul Halim to‘rt yarim oy ichida Qur’onni to‘liq qo‘lda ko‘chirib yozdi va Qur’onni ko‘chirib yozgan birinchi qiz bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi.
“Hojar Al-Azhar islom universiteti talabasi. Bu talabaning Qur’on bo‘yicha navbatdagi yutug‘i hisobanadi. U dastavval Qur’onni to‘liq yod oldi. Shundan so‘ng, bu ishga astoydil kirishdi”, deyiladi xabarda.
Hojarga Qur’onni usmonli yozuvida yozishda otasi yordam bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ish jamiyatdagi xotin-qizlarga namuna bo‘lish uchun qilingan.
Aytilishicha, Hojar san’at asarini nashr etmoqchi. U yaqin kunlarda Islom tadqiqot assambleyasidan ruxsat olish maqsadida Al-Azhar rahbari shayx Ahmad al-Toyib bilan uchrashadi.
Ma’lumot uchun, Sharqda, jumladan, Markaziy Osiyoda kitob bosish uskunalari ixtiro qilinganiga qadar kitoblar nusxalarni ko‘paytirish bilan xattotlar shug‘ullangan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Samarqandlik hattot Abdujalil Ergashev 60x80 hajmdagi katta Qur’on kitobini ko‘chirib yozgandi. U ulug‘ kalomlar bitilgan kitobni uch yil mobaynida 310 varaqqa (2 tomonlama), 620 sahifada arab kufi xatida yozishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...