Aksar respublikachilar kabi Tramp ham qurolga egalik huquqi cheklanishiga qarshi.
Foto: AP
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp kongressmenlarni Ukrainaga qurol-aslaha yuborish bilan emas, balki mamlakat maktablari xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanishga chaqirdi.
Bu haqda u Hyustonda Milliy o‘qchilar uyushmasi (NRA) tashkil qilgan anjumandagi ma’ruzasida gapirdi. Tramp Ukrainaga 40 milliard dollar yordam berayotgan hukumat bolalarni himoya qilishga pul topa olmayotganidan hayratda ekanini bildirgan. U koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashdan ortgan mablag‘ni maktablardagi xavfsizlik choralarini kuchaytirishga yo‘nalishtirishni taklif etgan. Sobiq prezidentga ko‘ra, har bir ta’lim maskanida bitta bo‘lsa-da qurolli qo‘riqchi bo‘lishi kerak. Tramp ayni choqda, fuqarolarning ruhiy salomatligi masalasiga jiddiy yondashish lozimligini ta’kidlagan.
Yaqinda Texas shtatidagi maktabda ro‘y bergan, 21 kishining hayotiga zomin bo‘lgan fojia ortidan fuqarolarning qurol-yaroqqa egalik qilishini cheklash bo‘yicha takliflar yanada kuchaydi.
Milliy o‘qchilar uyushmasi qurol cheklovidan foyda yo‘qligi, qirg‘inlarning oldini olish uchun maktablarni qo‘riqlash tizimini takomillashtirishni taklif qilib keladi. Tramp mansub respublikachilar partiyasi ham shunday fikrda.
Fuqarolarning qurolga egalik qilish huquqi AQSH konstitutsiyasida mustahkamlangan. Bunga qarshi bo‘lgan jamoatchilik faollari qurolga egalik huquqi cheklovsiz talqin etilishini xato deb hisoblaydi. Ularga ko‘ra, jamoat joylarda, xususan, ta’lim maskanlarida qirg‘inlarning oldini olish uchun qurolga egalik borasida qat’iy cheklov o‘rnatilishi kerak.
Muhofazakor qatlam esa qurolga egalik huquqini saqlab qolish kerakligini talab qilib keladi. Ular fuqarolarning qurolsizlantirilishi ortidan qotillik, bosqinchilik, nomusga tegish kabi jinoyatlar avj olib ketadi degan fikrda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi