Foto: «Kosmopolskaya pravda»
Mariupoldagi «Azovstal» zavodining yerosti inshootlarida 152 kishining jasadi bo‘lgan izotermik furgon topildi. Bu haqda 31 may kuni Rossiya Mudofaa vazirligining brifingida ma’lum qilindi. Zavodda ukrainalik harbiylar so‘nggi ikki oy davomida yashiringan edi.
Vazirlikning ta’kidlashicha, sovutish tizimi buzilgan ushbu furgonda halok bo‘lgan Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari va «Azov» jangchilarining jasadlari saqlanib kelgan. Ko‘zdan kechirish chog‘ida sapyorlar jasadlar ostidan to‘rtta mina topdi, deyiladi bayonotda.
«Asirga olingan ‘Azov’ jangarilarini so‘roq qilish natijalariga ko‘ra, jasadlarni minalash Kiyevning bevosita buyrug‘i bilan amalga oshirilgani aniqlandi. Provokatsiyadan maqsad — Kiyev rejimi va shaxsan Zelenskiyning siyosiy obro‘-e’tiborini saqlab qolish uchun Rossiyani jasadlarni ataylab yo‘q qilishda va ularni marhumlarning qarindoshlariga topshirmaslikda ayblash bo‘lgan», — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.
Rossiya tomoni harbiylarning jasadlarini tez orada Ukraina rasmiylariga topshirmoqchi.
Avvalroq Donetsk Xalq Respublikasi rahbari Denis Pushilin «Azovstal» zavodi hududidan yana bir necha ukrainalik askar topilganini ma’lum qilgandi.
«Bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgan bir necha kishi topildi. Ular quroldoshlarining yoniga yuboriladi. U yerdan, adashmasam, 3-4 kishi topildi», — deya uning so‘zlarini keltiradi «RIA Novosti».
DXR Azovstal zavodini «to‘liq tozalash» ikki-uch hafta davom etishini ma’lum qilgandi.
Rossiya kuchlari bosib olgan Mariupolda «Azovstal» zavodi ikki oy davomida ukrainalik harbiylarning so‘nggi qarshilik markazi bo‘lib turdi. 16 may kuni zavodda mudofaani ushlab turgan harbiylar taslim bo‘lishni boshladi. 20 may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi «Azovstal» hududi va butun Mariupol rossiyalik harbiylarning to‘liq nazorati ostiga olinganini ma’lum qildi. 2000 dan ortiq askar taslim bo‘lgani xabar qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi