1 679
Urushning 102-kuni: Kiyevga raketa zarbasi oqibatlari, Donbassda janglar davom etmoqda (foto)
Urushning 102-kuni o‘tdi. Bu kunda Kiyev bo‘ylab aprel oyi oxiridan buyon ilk bor raketa zarbalari berildi (bir kishi shifoxonaga yotqizilgan). RF mudofaa vazirligi Kiyevga zarba berishdan maqsad Ukrainaga yetkazib berilayotgan texnikalar, jumladan T-72 tanklari saqlanayotgan vagon ta’mirlash zavodi bo‘lganini ma’lum qildi.
Ukraina tomoni zavod hududida harbiy texnimalar bo‘lmaganini aytdi. Vladimir Putin agar Kiyev uzoq masofaga harakatlanuvchi raketalar olsa, Rossiya shu vaqtga qadar hujum qilinmagan ob’ektlarga zarba berilishi bilan tahdid qildi. Volodimir Zelenskiy Ukraina armiyasining Donbass va Zaporojedagi pozitsiyalariga tashrif buyurdi.
Ukrainalik muxlislar milliy jamoaning JCH-2022 mundiali yo‘llanmasi uchun Uelsga qarshi hal qiluvchi o‘yinini kuzatmoqda. Bu o‘yinda ukrainlar bir gol o‘tkazib yuborib mag‘lub bo‘lishdi. Foto: AP Photo/Natacha Pisarenko
Urushning 103-kuni. So‘nggi soatlardagi asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina Bosh shtabi rossiyaliklar so‘nggi kunda Limandan g‘arb va janubga, Slavyansk yo‘nalishida yurish qilgani, shuningdek Baxmut va Severodonetsk hududida janglarni davom ettirganini ma’lum qilgan. Shu bilan birga Donbass frontining janubiy uchastkasida faol harbiy harakatlar to‘xtab qolgan.
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy dushanbaga o‘tar kechasi qilgan videomurojaatida sharqiy frontga borgani, Lisichansk va Soledarda bo‘lganini aytdi. Lisichansk — ayni vaqtda bir qismi rossiyalik harbiylar tomonidan egallab olingan Severodonetsk shahriga yondosh joylashgan. Soledar — rossiyalik harbiylar tahdid solib turgan Baxmutdan shimolda, Severodonetsk va Lisichanskni Ukrainaning asosiy hududi bilan bog‘lovchi trassa bo‘yida joylashgan.
- Sharqiy frontda ishlayotgan ukrain jurnalisti Yuriy Butusov Ukraina rasmiylarining Severodonetskning yarmi ukrain harbiylari nazoratiga qaytgani haqidagi bayonotlari to‘g‘ri emasligini aytdi. Butusovning ma’lumotiga ko‘ra, hozirda ukrain qismlari Severodonetsk g‘arbidagi sanoat zonasida va unga yondosh kvartallarda himoyalanmoqda. Shu bilan birga, qayd etish kerakki, sanoat zonasi shaharning yarmidan kamroq qismini egallaydi.
- Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles London Ukrainaga M270 baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari yuborishini ma’lum qildi. Bu qaror M270 MLRS ishlab chiqaruvchisi hisoblangan AQSH bilan kelishilgan. OAV ma’lumotiga ko‘ra, hozircha uch dona uchirish qurilmasi yuboriladi, ukrainlar avvaliga bu qurollardan foydalanishni o‘rganishi kerak.
Quyida 5 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kiyev va Kiyev oblasi
Rossiyaliklar tomonidan raketa zarbalari berilgan Darnitskiy vagon ta’mirlash zavodi deposi. Zavod Kiyev markazidan 10 kilometr masofada joylashgan. RF mudofaa vazirligi zavod korpuslarida T-72 tanklari bo‘lganini da’vo qilgan. Ammo «Ukraina temiryo‘llari» rahbari bu yerda faqat vagonlar bo‘lganini aytdi. Foto: Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Ishchi temiryo‘l infratuzilmasiga kelib tushgan raketa zarbalari oqibatlarini ko‘zdan kechirmoqda
AP Photo/Natacha Pisarenko
Kiyev yaqinidagi Makarov posyolkasida vayron bo‘lgan uy bog‘idagi o‘t qirqilmoqda
Christopher Furlong / Getty Images
Kiyev ustida tutun. 5 iyun kuni Ukraina poytaxtiga aprel oyi oxiridan buyon ilk bor raketalar kelib tushdi. Shahar meri Vitaliy Klichkoning ma’lum qilishicha, zarbalar oqibatida bir kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk
Zarbaga uchragan turar joy binosi. DXR vakillariga ko‘ra, Donetsk Ukraina harbiylari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida uch kishi halok bo‘lib, 14 kishi yaralangan. Foto: Vladimir Gerdo / TASS
Rossiya Tergov qo‘mitasi xodimlari Donetskning Petrovsk rayoniga raketa zarbalari berilganida yonib ketgan avtomobil oldida o‘zaro gaplashishmoqda. Rossiya nashrlariga ko‘ra, shanba kuni DXR nazoratiga o‘tgan hududga yo‘llangan raketa zarbalar oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lib, 20 kishi yaralangan. Foto: AP Photo
Donbass shimoli
Yelkasiga mushugini mindirgan ayol raketa zarbasidan keyin hovlisini tartibga keltirishga urinmoqda. Drujkovka shahri Rossiya armiyasi zarbalari ostida qolgan — bu yerda Ukraina harbiy texnikalari ta’mirlangan zavod sexlari vayron qilingan.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Lisichanskda o‘zining yonayotgan uyi oldida turgan kishi. Ukrain qo‘shini Lugansk oblastida mudofaalanishda davom etmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Drujovkada mahalliy aholi vakili raketa zarbasidan vayron bo‘lgan uyida divanda yotibdi
AP Photo/Bernat Armangue
Drujovkada mahalliy aholi vakili raketa zarbasidan hosil bo‘lgan o‘raga tushib ko‘rmoqda
AP Photo/Bernat Armangue
Ukrainlar tibbiy brigadasi ishlatadigan zambil. Front chizig‘idagi o‘rmon hududi
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Front chizig‘i yaqinidagi yarador ukrain harbiy xizmatchisi
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Baxmut yaqinidagi front chizig‘ida turgan ukrain harbiysi — Rossiya qo‘shini ushbu yo‘nalishda hujumlarni davom ettirmoqda, ammo shahar Ukraina nazoratida qolmoqda. Foto: Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchi avtomat granatomyotdan o‘t ochmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy frontning oldingi chizig‘iga qaytishdan oldin hordiq chiqarmoqda
AP Photo/Bernat Armangue
Yarador ukrain harbiysi hospitalga olib ketilmoqda, Donetsk oblasti
AP Photo/Bernat Armangue
Zaporoje oblasti
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy front chizig‘ida. U Donbassdagi Lisichansk va Soledar shaharlariga ham borgan.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati/ Reuters / Scanpix / LETA Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar