1 238
AQSH Ukrainada razvedka olib borish uchun sun’iy yo‘ldoshlardan foydalanishni kengaytiradi
Foto: Reuters
AQSH vakillar palatasining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi xususiy sun’iy yo‘ldoshlardan razvedka olib borish, shu jumladan, Ukrainadagi vaziyatni kuzatish uchun foydalanishni kengaytirishga qaror qildi, deb yozadi «RBK».
Kongressmenlar 2023-moliya yili uchun (1 oktabrda boshlanadi) mudofaa budjeti loyihasiga tuzatishlar kiritdi. Ular Milliy razvedka boshqarmasiga (NRO) sintezlangan aperturali radiolokator o‘rnatilgan (Synthetic Aperure Radar, SAR) sun’iy yo‘ldoshlardan tasvirlar qabul qilish bo‘yicha tajribaviy dasturni tezlashtirishni taklif etadi.
NRO Ukrainadagi Amerika xususiy kompaniyalariga tegishli SAR sun’iy yo‘ldoshlari ma’lumotlaridan faol foydalanib, jangovar harakatlar borishini kuzatgan va razvedka ma’lumotlarini olgan, keyin esa ittifoqchilarga va Kiyevga uzatgan, deb yozadi Defence News nashri.
SAR bilan jihozlangan sun’iy yo‘ldoshlar har qanday ob-havoda va kunning istalgan qismida katta hajmli tasvirlarni oladi. NRO’ning o‘z qurilmalari bor, ammo ulardagi tasvirlar maxfiylashtirilgan. Ularni maxfiylikdan chiqarib, ma’lumotlarni ittifoqchilarga uzatish uchun juda ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. AQSH harbiy-kosmik razvedkasi ma’lumotlari bilan bog‘liq vaziyat ham xuddi shunday. Xususiy kompaniyalar olgan tasvirlar esa zudlik bilan uzatilishi mumkin.
Aprelda NRO rahbari Kris Skoleze AQSH Ukrainadagi jangovar harakatlar borishini ikkita eng yangi sun’iy yo‘ldosh tizimlari yordamida kuzatayotganini ma’lum qilgandi, ular orbital josus yo‘ldoshlar bilan bir qatorda «NATO va butun dunyoga real vaqt rejimida Rossiyaning bosqini oldidan o‘z harbiy qudratini oshirayotganini kuzatish imkonini bergan». Skolezening so‘zlariga ko‘ra, buning sharofati bilan Amerika ma’muriyati Rossiya armiyasi manyovrlari, raketa parvozlari va ehtimoliy strategik nishonlar haqida batafsil razvedka ma’lumotlari olib turgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi