1 230
Shahzoda Charlz Qatar bosh vaziridan naqd pul ko‘rinishidagi million yevrolik xayriyalarni shaxsan qabul qilgan
Foto: Reuters
Britaniya shahzodasi Charlz 2011-2015 yillarda qatarlik shayx Hamad bin Jassim at-Taniydan jami uch million yevro miqdordagi uchta naqd xayriya paketini shaxsan qabul qilgan. Bu haqda The Sunday Times nashri yozdi.
Barcha holatlarda pul shahzoda Charlzning xayriya jamg‘armasi hisob raqamlariga o‘tkazilgan. Bir holatda 2013 yilgacha Qatar bosh va tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan shayx shahzodaga Britaniyaning Fortnum & Mason premium do‘konidan bir million yevrolik sumka sovg‘a qilgan.
2015 yilda u Charlzga chamadonda bir million yevro sovg‘a qilgan. Gazetaning yozishicha, bu shahzodaning Klarens hausdagi qarorgohida yakkama-yakka uchrashuvda yuz bergan; ushbu suhbatda boshqa mamlakatlar vakillari bilan uchrashuvlarida doimo qatnashadigan Charlzning kotibi ishtirok etmagan.
Nashrning yozishicha, chamadon ikki saroy xodimiga topshirilgan. Unda 500 yevrolik banknotalar mavjud bo‘lib, keyinchalik ular noqonuniy firibgarlikda tez-tez qo‘llanilganligi sababli Yevropa Ittifoqi bu banknotalardan voz kechgan. Shundan so‘ng pul qirollik oilasiga xizmat ko‘rsatuvchi Coutts bankiga, undan so‘ng esa jamg‘arma hisobiga o‘tkazilgan.
Bunday holatlardan birida pul sanab chiqqan shahzoda Charlzning maslahatchilaridan birining so‘zlariga ko‘ra, pul sanashda ishtirok etganlarning barchasi uchun sodir bo‘layotgan voqealar «juda noqulay» bo‘lgan. Gazetaning yozishicha, qaysidir vaqtda shayx vakillaridan Charlzga naqd pul bermaslik to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘ralgan.
The Sunday Times qayd etishicha, u sodir bo‘lgan voqeaning noqonuniyligiga ishora qilmaydi, ammo gazetaning fikricha, bu epizodlar o‘z vazifalari doirasida xorijlik arboblar bilan uchrashuvchi va ularga turli masalalar bo‘yicha Buyuk Britaniyaning pozitsiyasi haqida ma’lumot beruvchi «taxt merosxo‘rining aqli rasoligi haqida juda jiddiy savollar tug‘diradi». “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»