
AQShda neftning tijoriy zaxiralari (bu zaxiralarga davlatning strategik zaxiralari kirmaydi) oxirgi haftada 7,7 mln barrelga ko‘payib, so‘nggi 80 yil ichidagi maksimal daraja – 425,6 mln barrelga etdi, deb xabar berdi AQSh Energetika vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, benzin zaxiralari 500 ming barrelga yoki 0,2 foizga ko‘paydi. Benzinning umumiy zaxiralari 243,1 mln barrelga etdi.
Shu yilning 11 fevralida AQSh neft olish bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib olgan. 2014 yilda AQSh kuniga 11,81 mln barrel neft olingan edi. Rossiya esa kuniga 10,93 mln barrellik ko‘rsatkich bilan 2-o‘rinni egallagan.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar