Zmeiniy oroli
Foto: Google Photos
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaga hujum boshlanganda egallangan Qora dengizdagi Zmeiniy orolidan Rossiya harbiylarining olib chiqilishini «yaxshi niyatdagi qadam» deb atadi.
Kiyevda bu bayonot yolg‘on deb baholandi, Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermakning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan oroldan chiqarib yuborilgan. Shuningdek, u Rossiya qo‘shinlari Dnepropetrovsk viloyatidagi don omborini o‘qqa tutgani haqida xabar berdi.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov «shunday qilib, Rossiya BMTning Ukraina hududidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha gumanitar yo‘lak tashkil etish harakatlariga to‘sqinlik qilmasligi jahon hamjamiyatiga namoyish etildi. Bu qaror Kiyevga yaqinlashib kelayotgan oziq-ovqat inqirozi, Qora dengizning shimoliy-g‘arbiy qismi Rossiyaning to‘liq nazorati tufayli donni eksport qilishning iloji yo‘qligi haqida spekulyatsiya qilishiga yo‘l qo‘ymaydi» deya bayonot bergan edi.
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning aytishicha, orolni rus harbiylaridan ozod qilishda muhim rolni ukrain quroli (Ukrainaning 155 mm «Bogdan» kalibrli o‘ziyurar eksperimental gaubitsasi) va xorijiy tizimlar o‘ynagan. Zarbalar tungi vaqtda raketa va artilleriya bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...