Rossiyaning SWIFT muqobiliga 70ta xorijiy bank qo‘shildi, dedi Rossiya Banki rahbari Elmira Nabiulina.
"Dunyoning 12 mamlakatidan 70ta xorijiy bank Rossiyaning SWIFT muqobiliga qo‘shildi. Ayrim hamkorlar Rossiya tizimiga qo‘shilgani uchun sanksiyalar ostida qolishdan xavotirda, shu sababli Rossiya MB ularning ro‘yxatini e’lon qilmaydi", - dedi Nabiulina.
SWIFT - AQSH tomonidan nazorat qilinadigan banklararo axborot almashuv tizimi bo‘lib, dunyoning aksariyat banklari pul o‘tkazmalar haqidagi ma’lumotlarni ushbu tizim orqali yuboradi.
Rossiya banki tomonidan ishlab chiqilgan banklararo axborot almashuv tizimi - SPFS (Sistema peredachi finansovix soobsheniy) deb nomlanadi.
Ma’lumot uchun, 14 iyundan boshlab Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Sberbank, Rosselxozbank va Moskva Kredit Banki (MSB) kabi yirik banklarini SWIFT tizimidan uzdi.
Bundan oldin esa VTB, Rossiya va Otkritiye banklari, Novikombank, Promsvyazbank, Sovsombank va VEB.RF SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan uzilgan edi.
Kredit tashkilotlarining ta’kidlashicha, tizimdan uzilish ularning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki ular bunday rivojlanishga oldindan tayyorgarlik ko‘rishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi