Foto: «TASS»
Vashington Rossiya va Eronning Yaqin Sharqdagi «provokatsion» va «xavfsiz bo‘lmagan» harakatlaridan xavotirda, deb yozmoqda The Washington Post AQSH ma’muriyati vakillariga tayanib.
Iyun oyida bir nechta shunday vaziyatlar yuzaga kelgan: Pentagon rasmiylari Rossiya va Eronning «provokatsion», «keskinlashtiruvchi» yoki «xavfsiz bo‘lmagan va noprofessional» harakatlarini qayd etgan. Bunga misol sifatida gazeta Et-Tanf shahridagi AQSH harbiy bazasi yaqinida joylashgan Suriya muxolifati qurolli guruhlari lageriga Rossiya samolyotlari tomonidan berilgan zarbani keltirgan.
Amerikalik harbiy xizmatchilar bu haqda zarbadan 35 daqiqa oldin ogohlantirilgan, natijada hech kim jabrlanmagan. AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari Maykl Kurilla voqeani «AQSH raqiblarining mintaqada hukmronlikni mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli urinishlari» deb atadi, shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar bunga harbiy javob bermasligini ta’kidladi.
Shuningdek, Vashington rasmiylari Rossiya samolyotlari Suriya osmonida manyovrlar orqali AQSH harbiy samolyotlariga tahdid yaratgan bir nechta «holatlarni» qayd etdi, bu ziddiyatni bartaraf etish bo‘yicha ancha oldin o‘rnatilgan protokollariga zid. Shu bilan birga, gazeta CENTCOM o‘z dalillarini qo‘llab-quvvatlash uchun sodir bo‘lgan voqealar tafsilotlari haqida gapirishdan bosh tortganiga e’tibor qaratdi.
Bundan tashqari «Eron va u qo‘llab-quvvatlayotgan kuchlar tomonidan provokatsiyalar kuchaymoqda», deya qo‘shimcha qildi manba.
Hozir Qo‘shma Shtatlar «mojaroni yanada keng qo‘zg‘atmasdan qanday qilib raqiblarni tiyib turishni» o‘ylamoqda, deydi nashr mualliflari. Iyun oyida Kurilla Et-Tanf bazasida harbiylar bilan gaplashar ekan, AQSH Rossiya bilan mojaro bo‘lishini istamasligini, balki «o‘zini himoya qilishini» va javob berishdan «hech ikkilanmasligini» aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi