06:28 / 06.07.2022
2 083

Putin bilan raqsga tushgan Avstriya sobiq tashqi ishlar vaziri suiqasd tahdidi tufayli mamlakatni tark etdi

Putin bilan raqsga tushgan Avstriya sobiq tashqi ishlar vaziri suiqasd tahdidi tufayli mamlakatni tark etdi
Karin Knaysl
Foto: «Kommersant’»

Avstriyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl qotillik tahdidi tufayli mamlakatni tark etdi, deya xabar bermoqda The Washington Post nashri. Gazetaning yozishicha, Knaysl xonim bu haqda jurnalistlaridan biriga shaxsan o‘zi xabar bergan.

The Washington Post gazetasi muxbiriga yo‘llagan xabarlarida Knaysl «intervyu bermasligini» va «suiqasd tahdidi» tufayli Avstriyani tark qilganini aytdi, deb yozadi gazeta.

Karin Knaysl 2017-2019 yillarda Avstriya Tashqi ishlar vazirligini boshqargan. U Avstriya Ozodlik partiyasi kvotasi bo‘yicha hukumatda tarkibidan joy olgan. 2016 yilda «Yagona Rossiya» partiyasi (Vladimir Putin ushbu partiya a’zosi) bu partiya bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzolagan.

Knaysl xonim 2018 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘zining to‘yida raqsga tushgani orqali tanilgan. U, shuningdek, rus tilida bolalar uchun «Knyaz Yevgeniy: noma’lumlikdan Yevropa tan olinishigacha» kitobini nashr etgan.

2020 yilda Knaysl xonim «Rosneft» direktorlar kengashiga qo‘shildi. 2022 yilning 23 may kuni u kompaniyani tark etgani ma’lum bo‘ldi. Knaysl xonim kengashdagi vakolatlarini ikkinchi muddatga uzaytirishdan bosh tortdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin bilan raqsga tushgan Avstriya sobiq tashqi ishlar vaziri suiqasd tahdidi tufayli mamlakatni tark etdi