10:36 / 13.07.2022
1 001

Yevropa ittifoqi rossiyalik oligarxlarning deyarli 14 mlrd yevrolik aktivlarini blokladi

Yevropa ittifoqi rossiyalik oligarxlarning deyarli 14 mlrd yevrolik aktivlarini blokladi
Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushi boshlanganidan beri Yevropa ittifoqi davlatlari rus oligarxlarining taxminan 13,8 mlrd yevroga teng bo‘lgan hashamatli yaxtalari, ko‘chmas mulklari va boshqa aktivlarini muzlatib qo‘ydi. Oligarxlar va sanksiyalarga duchor bo‘lgan tashkilotlar endi ulardan foydalanish imkoniga ega emas, dedi Yevropa ittifoqining adliya bo‘yicha komissari Dide Reynders 12 iyul, seshanba kuni Pragada bo‘lib o‘tgan YEI yig‘ilishi chog‘ida.

Shu bilan birga, dpa agentligi xabar berishicha, u muzlatilgan aktivlarning aksariyati - 12 mlrd yevrodan ortig‘i - faqat beshta a’zo davlat hududiga to‘g‘ri kelishiga e’tibor qaratdi. Belgiyalik siyosatchi bu mamlakatlarni ochiqlashdan bosh tortdi va faqat ittifoqning boshqa davlatlari ham shunday qilishlari kerakligini aytdi.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri Yevropa ittifoqi bir qator rossiyalik oligarxlarni urushni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblab, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Mart oyi boshida oligarxlar aktivlarini qidirishda a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash uchun Yevropa ittifoqining maxsus bo‘linmasi tashkil etilgan edi.

May oyi oxirida Yevrokomissiya oligarxlar va sanksiyalar ro‘yxatidagi boshqa shaxslar sanksiyalarni chetlab o‘tishga harakat qilsa, qoidalarni kuchaytirishni taklif qildi. Bunday holda ularning mol-mulki musodara qilinishi mumkin. Yevropa ittifoqi davlatlari allaqachon bu taklifni ma’qullagan. Bundan tashqari, muzlatilgan aktivlardan urushda vayron bo‘lgan Ukrainani tiklash uchun foydalanish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa ittifoqi rossiyalik oligarxlarning deyarli 14 mlrd yevrolik aktivlarini blokladi