18:04 / 15.07.2022
3 183

AQSH elchixonasi amerikaliklardan Ukrainani zudlik bilan tark etishni so‘radi

AQSH elchixonasi amerikaliklardan Ukrainani zudlik bilan tark etishni so‘radi
Foto: Getty Images
AQSH fuqarolari Ukrainaga kirmasligi kerak, u yerda bo‘lganlarga esa xavfsizlikka oid vaziyatning keskinligi tufayli darhol mamlakatni tark etish tavsiya etiladi. Bu haqda AQSHning Kiyevdagi elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Ukrainadagi xavfsizlikka oid vaziyat faol harbiy harakatlar va noaniq sharoitlar tufayli keskin va oldindan aytib bo‘lmaydigan holda qolmoqda. Amerika elchixonasi AQSH fuqarolarini Ukrainaga kirmaslikka, Ukrainada bo‘lib turganlarni esa shaxsiy yerusti transportidan foydalangan holda (agar bu xavfsiz bo‘lsa) darhol mamlakatni tark etishga chaqiradi», — deyiladi bayonotda.

Diplomatik missiya ommaviy yig‘ilishlar va tadbirlarni Ukrainaning g‘arbiy viloyatlarida o‘tkazmaslikni so‘radi.

Bundan tashqari, xabarnomaning sarlavhasi «raketa tahdidi»ga ishora qiladi va matnda portlashlar sodir bo‘lgan taqdirda harakat rejasi mavjud. «Minomyot va/yoki raketa hujumi sodir bo‘lgan taqdirda, mahalliy hokimiyat ko‘rsatmalariga rioya qiling va darhol boshpana izlang», — deydi elchixona.

Yil boshidan beri AQSH elchixonasi bir necha bor o‘z fuqarolarini Ukrainani, shuningdek, Rossiyani tark etishga chaqirdi. Mart oyi boshida e’lon qilingan tavsiyalarida elchixona Rossiyada qolishning ishonchsizligi sabablari qatorida Ukrainadagi voqealar, havo qatnovi bilan bog‘liq muammolar, Rossiya xavfsizlik kuchlari tomonidan AQSH fuqarolariga hujum qilish xavfi va teraktlar ehtimolini tilga olgan. Avval, yanvar oyi o‘rtalarida AQSH Davlat departamenti diplomatlar va ularning oila a’zolari Ukrainadan evakuatsiya qilinishini e’lon qilgan edi.

Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Finlyandiya, Latviya, Estoniya, Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar ham fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH elchixonasi amerikaliklardan Ukrainani zudlik bilan tark etishni so‘radi