
Foto: AP
15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi Armaniston armiyasi ikki mamlakat chegarasida joylashgan Ozarboyjon qurolli kuchlari pozitsiyasini o‘qqa tutdi, deb ma’lum qildi Ozarboyjon mudofaa vazirligi.
Xabarga ko‘ra, Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalari chegaradosh Bosarkechar rayonining Yuqori Sho‘rcha aholi maskanida joylashgan Ozarboyjon armiyasi pozitsiyasini o‘qqa tutgan.
Qayd etilishicha, Ozarboyjon armiyasi bo‘linmalarining «javob choralari natijasida dushman daf qilingan».
Armaniston Ozarboyjon tomonining bayonotini rad etib, uni «dezinformatsiya» tarqatishda aybladi. Yerevan, o‘z navbatida, Ozarboyjonni chegarada otishma sodir etishda aybladi.
Armaniston mudofaa vazirligining bildirishicha, «Ozarboyjon qurolli kuchlari bo‘linmalari Armaniston-Ozarboyjon chegarasida joylashgan arman harbiylari pozitsiyalarini o‘qqa tutgan».
«Ozarboyjon bo‘linmalarining o‘t ochishi Armaniston tomonining javob choralari natijasida bostirildi», deyiladi Armaniston mudofaa vazirligi xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar