19:49 / 17.07.2022
1 742

AQSH: Rossiyalik amaldorlar jangovar dronlarni o‘rganish uchun Erondagi aerodromga ikki marta tashrif buyurgan

AQSH: Rossiyalik amaldorlar jangovar dronlarni o‘rganish uchun Erondagi aerodromga ikki marta tashrif buyurgan
Foto: Zuma
Rossiya delegatsiyasi o‘tgan oyda kamida ikki marta Eronning Koshan aerodromiga tashrif buyurib, Shahed-191 va Shahed-129 jangovar dronlarini o‘rgangan. Bu haqda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivanga tayanib, CNN xabar bermoqda.

AQSH ma’lumotlariga ko‘ra, iyun va iyul oyining boshlarida rossiyalik amaldorlar Tehron janubidagi aerodromga kelgan, u yerda rasmiylarga yuqori aniqlikdagi raketalarni olib yurishga qodir dronlar ko‘rsatilgan.

«Bizda Eron hukumati Rossiyaga bir necha yuzlab dronlar berishga tayyorlanayotgani haqida ma’lumotlar bor», — dedi Sallivan CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Oq uy CNN’ga taqdim etgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida go‘yoki Rossiya delegatsiyasining iyun oyida Tehronga tashrifi chog‘ida Kashanda hududida ushbu dronlar tizib qo‘yilganini ko‘rish mumkin, deyiladi xabarda.

Foto: US Government
11 iyul kuni Oq uy, razvedka ma’lumotlariga tayanib, Eron Rossiyaga Ukrainadagi harbiy amaliyotlarda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan dronlarni yetkazib bermoqchiligi, shuningdek, rossiyalik askarlarni ularni boshqarishga o‘rgatmoqchiligi haqida xabar bergan edi.

Eron dronlar yetkazib berishilishini rad etdi. 15 iyul kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan ukrainalik hamkasbi Dmitriy Kuleba bilan suhbatda bu xabarlarni «asossiz» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron mojaroning kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlarga qarshi.

Aprel oyida Britaniyaning The Guardian gazetasi Rossiya Ukrainadagi urush uchun Iroqdan qurol va o‘q-dorilarni Erondagi kontrabandachilar yordamida olganini yozgan edi. Gazetaning xabar berishicha, Tehron Moskvaga Eronda ishlab chiqarilgan Bavar 373 zenit-raketa majmuasini topshirgan, shuningdek, Rossiyaning S-300 havo mudofaa tizimini qaytarib bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH: Rossiyalik amaldorlar jangovar dronlarni o‘rganish uchun Erondagi aerodromga ikki marta tashrif buyurgan