Foto: Bloomberg
Xalqaro Valyuta jamg‘armasi (XVJ) o‘zining navbatdagi hisobotida global iqtisodiy o‘sish prognozini keskin pasaytiradi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
- Oziq-ovqat va energiya narxlarining ko‘tarilishi, rivojlanayotgan bozorlarga kapital oqimining sekinlashishi, davom etayotgan pandemiya va Xitoyda iqtisodiy sekinlashuv vaziyatni yanada qiyinlashtiradi, — dedi XVJning strategiya, siyosat va tahlil bo‘yicha direktori Jeyla Pazarbasio‘g‘lu.
XVJ aprel oyidagi hisobotida bu yilgi global o‘sish prognozini Ukrainadagi urushgacha bo‘lgan 4,4 foizdan 3,6 foizga tushirgan.
Pazarbasio‘g‘luga ko‘ra, bu oy prognoz sezilarli darajada pasaytiriladi.
Butun dunyo bo‘ylab markaziy banklar ta’minot bilan bog‘liq muammolar tufayli narxlarning oshishini nazorat qilishda muammolarga duch kelmoqda.
- Biz bu vaziyatdan chiqishning muqobil yo‘llarini qidiryapmiz. Fikrimizcha, markaziy banklar pul-kredit siyosatini qat’iylashtirib, iqtisodiyotni inflyatsiyaga tayyorlab borsa vaziyat biroz yumshashi mumkin, — dedi Xalqaro hisob-kitoblar bankining tadqiqot bo‘limi boshlig‘i Xyun Song Shin.
Avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va Jahon savdo tashkiloti global oziq-ovqat inqirozi haqida ogohlantirgani haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...