17:20 / 26.07.2022
3 019

Xitoy AQSHga tahdid qildi

Xitoy AQSHga tahdid qildi
Xitoy mudofaa vazirligi matbuot kotibi Tan Kefey AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyursa, Xitoy harbiylari qo‘l qovushtirib o‘tirmasligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Xitoy mudofaa vazirligi saytida xabar berildi.

Kefeyning eslatishicha, Qo‘shma Shtatlar Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaslikka va’da bergan.

«Agar Amerika tomoni o‘z bilganini qilishda davom etsa, Xitoy armiyasi qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi va Tayvanni ajratib olishga bo‘lgan tashqi aralashuv hamda separatistik harakatlarni to‘xtatish uchun barcha choralarni ko‘radi. Davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy himoya qiladi», dedi u.

«Pelosi AQSH hukumatidagi uchinchi muhim shaxs, — dedi Mudofaa vazirligi vakili, — shuning uchun uning Tayvanga tashrifi «yagona Xitoy» tamoyilini, shuningdek, ikki davlat tomonidan qabul qilingan uchta qo‘shma qoidalarni buzadi. Bundan tashqari, amerikalik siyosatchining tashrifi Tayvan bo‘g‘ozidagi vaziyatni yanada og‘irlashtiradi».

Yuzaga kelgan bahs AQSH ittifoqdoshlarini ham xavotirga solmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy AQSHga tahdid qildi