
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina davlatchiligi kuni munosabati bilan qilgan murojaatida Ukraina Kiyev Rusining yagona merosxo‘ri ekanligini aytdi.
«Ukraina davlati kamida bir yarim ming yil avval mavjud bo‘lgan. Kiy, Shek, Xoriv va Libed Ukraina poytaxtiga asos solishgan va Ukraina Kiyev Rusining yagona qonuniy merosxo‘ri sanaladi», — dedi Zelenskiy.
Zelenskiy, shuningdek, Ukraina «mustamlaka, anklav, protektorat, o‘zga imperiyalarning bir qismi, «ichki hududi», ittifoq respublikasi, avtonomiya emas, balki erkin, suveren, bo‘linmas va mustaqil davlat ekani»ni ta’kidlagan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Zelenskiyning «Kiyev Rusi vorisi» haqidagi so‘zlariga darhol kinoyali munosabat bildirdi.
«Knyaz Vladimir, Ukrainaning bir qismi Rossiya deb atalishidan xafa bo‘lmang», dedi vazirlikning rasmiy vakili Mariya Zaxarova. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar