Foto: AP Photo/Danylo Antoniuk
Kiyev apellyatsiya sudi rossiyalik harbiy, Sumi oblastida tinch aholi vakilini o‘ldirishda ayblangan Vadim Shishimaringa qo‘llangan jazoni yumshatdi. Unga qo‘llangan umrbod qamoq jazosi 15 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirildi.
21 yoshli serjant Shishimarin rossiyalik harbiylar Ukrainaga bostirib kirganidan keyin mahkamaga tortilgan ilk rossiyalik harbiy bo‘lgandi.
23 may kuni Kiyevdagi Solomenskiy sudi «Urush urf-odatlarini buzish» moddasi bo‘yicha uni umrbod qamoq jazosiga hukm etgandi. Sud uni Chupaxovka qishlog‘ida yashagan 62 yoshli Oleksandr Shelipovni o‘ldirishda aybdor deb topgandi.
Serjant birinchi sud majlisidayoq o‘z aybiga iqror bo‘lgandi. Iyun oyi oxirida Shishimarinning advokati unga chiqarilgan hukm ustidan apellyatsiya bergani ma’lum bo‘lgandi.
Shishimarinni nima uchun sud qilishgandi?
28 fevral kun ro‘y bergan voqealar, ayblovchi tomon talqiniga ko‘ra, shunday rivojlangan: Grinchenkovo qishlog‘i yaqinida ukrain harbiylari tarkibida Shishimarin ham bo‘lgan kolonnani yakson etgan, shundan keyin u va yana to‘rt nafar rossiyalik harbiy mahalliy aholi vakillaridan birining mashinasini egallab olib, chegara tomon harakatlangan.
Yo‘lda ular telefon orqali gaplashayotgan Shelipovni uchratishgan, Kufakov familiyali harbiy Shishimaringa ushbu erkak ukrain harbiylariga xabar yetkazmasligi uchun uni o‘ldirishni buyurgan.
Shishimarin avtomat orqali bir necha o‘q uzgan, Shelipov o‘z uyidan bir necha o‘n qadam masofada boshidan olingan jarohatlar tufayli shu zahoti jon bergan.
Qotillikdan ko‘p o‘tmay Shishimarin bo‘lgan avtomobil zarbaga uchragan, keyin u va yana uch nafar harbiy xizmatchi asir tushgan.
Shishimarinning advokati Viktor Ovsyannikov sudda serjant o‘z komandiri deb hisoblagan ikki shaxs bosimi ostida harakat qilgani va Rossiya qurolli kuchlari nizomi talablariga rioya etganini ta’kidladi. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, 21 yoshli harbiy o‘q nishonga tegmasligidan umid qilgan holda bu buyruqni bajargan.
Shishimarinning o‘zi hikoya qilishicha, o‘t ochish haqida buyruq bo‘lgach, u sustkashlik qilgan va o‘q uzmagan. Shundan keyin unga Kufakov familiyali kishi («notanish») o‘girilib, barchani xavf ostida qoldirmaslik uchun o‘shqirgan holda o‘t ochishni buyurgan.
«Men uni o‘ldirmoqchi emasdim. Meni tinch qo‘yishlari uchun o‘t ochdim», degan sudda Shishimarin.
Rossiya mudofaa vazirligi Shishimarin bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan izoh bermagan. Kremldagilar bu borada ma’lumotlar yetarli emasligini aytgan.
Shishimarin Irkutsk oblastining Ust-Ilimsk shahridan bo‘lib, Moskva oblastidagi 4-Kantemir tank diviziyasida bo‘lim komandiri bo‘lib xizmat qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin