2 010
Osiyoning eng badavlat ayoli boyligining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi. Bunga nima sabab bo‘lmoqda?
Foto: Mirror Review
Bloomberg milliarderlar indeksiga ko‘ra, Osiyoning eng badavlat ayoli Yan Xueyyanning boyligi qariyb 24 mlrd dollardan 11 mlrd dollarga tushdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Bunga sabab qilib Xitoyda joriy yil mulk inqirozi kuchayib borayotgani ko‘rsatilmoqda, chunki 41 yoshli milliarder mamlakatning savdo bo‘yicha eng yirik ko‘chmas mulk ishlab chiqaruvchisi Country Garden Holdings’ni boshqaradi.
Uning ulushi asosan 1992 yilda Guangdong provinsiyasining Foshan shahrida kompaniyaga asos solgan otasi Yan Gotsyandan meros bo‘lib qolgan.
Uy narxlarining tushishi, xaridorlarga bo‘lgan talabning zaiflashishi va yirik ishlab chiqaruvchilarni qamrab olgan qarz defolti sababli Country Garden aksiyalari bu yil o‘z qiymatining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi.
Bloomberg milliarderlar indeksiga ko‘ra, Yan boyligining yarmidan ko‘pini yo‘qotganiga qaramay, Osiyodagi eng badavlat ayol bo‘lib qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin