Foto: AP
O‘tgan hafta Xitoyning «Tyangun» orbital stansiyasiga «Ventyan» eksperimental modulini jo‘natgan Xitoyning «Chanchjen-5V» raketasi qoldiqlari koinotdan nazoratsiz qaytib, Yer atmosferasiga kirib borishi natijasida Hind okeaniga tushib ketdi. Bu haqda AQSH QK Kosmik qo‘mondonligi Twitter’da ma’lum qildi.
AQSH Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) rahbari Bill Nelson Pekinni Xitoy raketaning Yerga qulashi trayektoriyasi haqida ma’lumot bermagani munosabati bilan mas’uliyatsizlikda aybladi.
«Barcha kosmik davlatlar o‘rnatilgan ilg‘or tajribalarga amal qilishi va kosmik chiqindilar qulashi xavfini, ayniqsa «Chanchjen-5V» kabi og‘ir raketa-tashuvchilar bo‘yicha ishonchli prognozni ta’minlash uchun ma’lumotlarni oldindan bo‘lishish majburiyatini bajarishi kerak», deb yozadi u Twitter’da.
Raketa o‘tgan yakshanba, 24 iyul kuni «Ventyan» uchuvchisiz modulini koinotga uchirish uchun ishlatilgan. Bu Xitoyning «Tyangun» orbital stansiyasi uchun mo‘ljallangan uchta moduldan ikkinchisidir. XXR orbital stansiyasi 2022 yil oxirigacha to‘liq ishga tushishi kerak, uning Yer yaqinidagi orbitada xizmat muddati taxminan o‘n yil bo‘lishi kerak. So‘nggi yillarda Xitoy AQSH va Rossiyaga yetib olish uchun o‘zining kosmik dasturlariga milliardlab dollar sarmoya kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi