Foto: Global Look Press / Joel Marklund / Keystone Press Agency
Texasda yashovchi Gay Reffitt 2021 yil yanvarida Kapitoliyga hujum ishi bo‘yicha eng uzoq muddatga, ya’ni yetti yil-u uch oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Hukm 1 avgust, dushanba kuni Kolumbiya okrugi sudyasi Dabni Fridrix tomonidan chiqarildi.
49 yoshli texaslik harbiylashgan ultrao‘ng radikal guruh a’zosi bo‘lgan. Mart oyida u Kapitoliyga tutash hududga o‘qotar qurol olib kirish, politsiya xodimlariga hujum qilish va tergovga to‘sqinlik qilishda aybdor deb topildi. Reffitt o‘z o‘g‘li va qiziga ham tahdid qilib, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilmaslikni talab etgan. «Xoinlarni otib tashlashadi», degan u 18 yoshli o‘g‘liga. Shunga qaramay, 18 yoshli yigit AQSH Federal qidiruv byurosida va keyinroq sudda otasiga qarshi guvohlik berdi.
Gay Reffitt AQSH Kongressi binosiga bostirib kirish ishi bo‘yicha ayblanuvchiga aylangan birinchi sudlanuvchidir. Videoyozuvlarda Texas shtatida yashovchi neftchining Kapitoliy zinapoyasida politsiyachilar bilan janjallashib qolgani va tergovchilarga ko‘ra, olomon orasida fitna qo‘zg‘atgani aks etgan. Prokuratura uni yig‘ilganlarning «yetakchisi» deb atagan. «U yong‘inni boshlagan gugurtni yoqib yuborgan», — dedi ayblov tomoni.
2021 yil 6 yanvarda Vashingtondagi mitingda nutq so‘zlaganidan so‘ng, AQSH prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lgan Donald Trampning radikal kayfiyatdagi tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirdi, u yerda Senat va Vakillar palatasi qo‘shma yig‘ilishi ishtirokchilari ovoz berish natijalarini ma’qullayotgan bo‘lgan. Namoyishchilar binoga bostirib kirishga muvaffaq bo‘lgan, Kongressdagi munozaralar bir necha soatga to‘xtatilgan, qonun chiqaruvchilar evakuatsiya qilingan.
Tartibsizliklar ishtirokchilari politsiya bilan to‘qnashuv uyushtirgan, politsiya esa ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan javob bergan. Milliy gvardiya Vashingtonga yetib kelgan. To‘qnashuvlar oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, ulardan biri - politsiyachi. Rasmiylar bir necha soatdan keyin Kongress binosini nazoratga oldi. Keyingi haftalar davomida yana ikki politsiyachi o‘z joniga qasd qildi. Tartibsizliklardan keyin 50 ga yaqin odam qo‘lga olingan, ularning bir nechasiga ayblov e’lon qilingan.
Kapitoliyga hujumdan keyin AQSH Kongressi Vakillar palatasi komissiyasi Trampning voqealardagi roliga oydinlik kiritish uchun 140 mingdan ortiq hujjatni o‘rganib chiqdi va mingdan ortiq guvohlar bilan suhbatlashdi. Komissiya iyun oyi boshidagi birinchi yig‘ilishida Vashingtondagi tartibsizliklar uchun birinchi navbatda sobiq prezidentni javobgar deb topdi. Sakkizinchi ommaviy eshituvlardan so‘ng komissiya ishida tanaffus e’lon qilindi, sentabr oyida yangi yig‘ilish o‘tkaziladi. Tramp o‘z aybini tan olmayapti va 2024 yilda AQSH prezidentligi uchun yana o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligini istisno etmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi