12:52 / 05.08.2022
2 563

O‘zbekiston stendi Moskvadagi “Sayohat qil!” forumida eng gavjum bo‘lib qolmoqda

O‘zbekiston stendi Moskvadagi “Sayohat qil!” forumida eng gavjum bo‘lib qolmoqda
Shu kunlarda Moskvaning VDXN bog‘ida bo‘lib o‘tayotgan “Sayohat qil!” turistik forumida O‘zbekiston stendi eng gavjum bo‘lib qolmoqda.
Forumda so‘zga chiqqan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Respublikada rossiyalik sayyohlar soni oshib borayotganini qayd etdi.

2022 yilning birinchi yarmila Rossiyadan O‘Zbekistonga kelgan sayyohlar soni 2,5 baravar oshdi. Fersatdan foydalanib sizni noyabr oxirda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan sayyohlik ko‘rgazmasiga taklif qilaman”, - dedi O‘zbekiston elchisi.

Forum doirasida an’anaviy o‘zbek hunarmandchiligi namunalari ko‘rgazmasi, hunarmand ustalar ishtirokida master-klasslar, o‘zbek milliy liboslari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Shuningdek Toshkentdan kelgan san’atkorlar ishtirokida o‘zbek milliy raqslari, musiqa va qo‘shiqlari ijro etilmoqda.
Lekin eng ko‘p shov-shuv – palov degustatsiyasida bo‘lmoqda. Bu yerda yuzdan ortiq odam mashhur o‘zbek taomini tatib ko‘rish uchun navbatda turishibdi.

"Puteshestvuy!" - turistik forumi 4-7 avryst kunlari Moskvadagi VDNX bog‘ida 55 pavilonda bo‘lib o‘tmoqda. Undan Rossiyaning barcha diqqatga sazovor joylari, Rossiya dam olish maskanlari, sayyohlik yo‘nalishlari taqdim etilgan. O‘zbekiston ushbu Rossiya sayyohlik forumida hamkor-davlat maqomida ishtirok etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston stendi Moskvadagi “Sayohat qil!” forumida eng gavjum bo‘lib qolmoqda