1 868
AQSH o‘z qit’asidan boshqa hamma joyda urush urug‘ini sepmoqda - Medvedev bilan intervyu
Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev RIA Novostiga bergan intervyusida AQSH Kongressi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga qilgan tashrifi hamda bugungi kunda olib borilayotgan axborot urushi haqida batafsil aytib o‘tdi.
- AQSH Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifini qanday baholaysiz? Sizning “chol va kampir haqida ertaklaringiz” bo‘yicha prognozlar qanchalik haqiqatga yaqin?
- Bu tashrif mutlaqo yomon maqsadlarni ko‘zlagan provokatsiya. Osiyodagi xalqaro xavfsizlikka putur yetkazmoqchi bo‘lgan harakat. Bu ish - o‘zining mutlaq jazosizligiga ishongan Amerika hukumatining bezbet qilig‘idir.
Qarang, AQSH Xitoyning asabiga tegish va uni keskin, o‘ylamay harakat qilishi uchun hammasini qildi. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda gij-gijlash va keskinlik sun’iy ravishda oshirildi. Bularning hammasi odatdagidek amerikancha quyushqondan chiqqan surbetlik bilan amalga oshirildi.
Bir vaqtning o‘zida ikkiyuzlamachi chiqishlar ham qilindi. "To‘g‘ri, biz yagona Xitoyni qo‘llab-quvvatlaymiz, ammo - shu bilan birga - biz demokratiya tarafdorimiz, avtokratiyaga qarshimiz, AQSH esa mustaqil davlat qurish yo‘lida Tayvanni qo‘llab-quvvatlaydi” - deyishdi ular.
Bu spiker xonim va boshqa amerikalik hukumatlarning pozitsiyalari bildirilgan rezyume. Boshqacha aytganda, rasman Xitoyning ishlariga aralashmaslik, “yagona Xitoy” siyosati bilan yakdil ekanligini bildirsada, har qanday yo‘l bilan separatistlarni qo‘llab-quvvatlashmoqchi. Bu boshqa mamlakatlarga nisbatan Amerikaning eng odatiy munosabati. Parchalanguniga qadar Yugoslaviyada ham shunday bo‘lgan edi, 90-yillarda Rossiya bilan ham xuddi shu yo‘l tutildi, boshqa joylarda ham xuddi shunday bo‘ldi.
Bunday tashriflar avvaldan rejalashtiriladi. Barcha o‘yinchilar uchun ssenariylar yoziladi. Rollar, replikalar g‘oyat aniqlik bilan yozib chiqiladi va bo‘lib olinadi. Bayden ma’muriyati va Kongress o‘rtasida bu masala bo‘yicha qandaydir ziddiyatlar bo‘lmagan va bo‘lishi mumkin ham emas. Hattoki ular yondashuvlar turlicha bo‘lganini ko‘rsatishga urinishsa ham. Yolg‘onga uchmaslik kerak. Bu Amerika mansabdorlarining butunlay kelishilgan o‘yini.
Uning minimal maqsadi - janjal ko‘tarish va Osiyodagi vaziyatni yomonlashtirish. Maksimal dasturi esa - Xitoy ishtirokida harbiy mojaro boshlash. Jumladan, Taybeydagi qo‘g‘irchoq muxolifatga qurollar yetkazib berish orqali.
Bunday ssenariylarni biz ko‘p joylarda ko‘rganmiz, shuningdek, Ukrainada ham - provokatsiyalar, ig‘volar, maydanni qo‘llab quvvatlaydigan turli odamlarni ta’minlash - keyin esa – davlatni to‘ntarish. Natijada - qonli mojaro, portlashlar, qiynoqlar, qotilliklar, millionlab odamlarning azoblari. Amerikaliklar shundoq ham o‘z ittifoqdoshlarining hududida – Yevropada beqaror vaziyat yuzaga keltirishgan. Endi Osiyoni qo‘shgan holda boshqa dunyo mamlakatlariga navbat yetib keldi.
E’tibor bering-a, ular o‘z qit’asidan tashqari hamma yerda ig‘vo tarqatadi. Rossiyada, Xitoyda, Yevropada, Osiyoda, Afrikada, Lotin Amerikasida. Ammo hech qachon o‘z atrofida bunday ishlar qilmaydi. Aytaylik, amerikaliklarning o‘z qo‘shnisi bo‘lmish Kanadada to‘ntarishlar tashkillashtirishni kuzatish qiziq bo‘lar edi.
Rasmiy delegatsiya bo‘lgan samolyotni hech kim urib tushirmoqchi, hatto majburan boshqa aerodromga qo‘ndirmoqchi bo‘lmagan. Bunday harakatlar xitoylik tinchlikparvar do‘stlarimizning tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi. Ular provokatsiyalarga uchmaydi. Ammo ularning ham sabri cheksiz emas.
Mana shu janjalli harakat tufayli Tayvan atrofida vaziyat keskin yomonlashgani aniq. Harbiy otishmalar bilan birga keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar olib borilyapti. Aftidan, mintaqada vaziyatni yomonlashtirgan amerikaliklar aynan shuni xohlashgan. Ammo foydasi bo‘lmadi. Axir buning oqibatida Osiyo birinchi navbatda global miqyosda zarar ko‘rgan bo‘lardi: xavfsizlik yomonlashadi, o‘zaro ishonchsizlik oshadi, bozorlar qulaydi, benzin va mahsulotlar narxi qimmatlashadi. Va o‘shanda qandaydir qaysar kampir uchayotgan navbatdagi reys ko‘zlagan manziliga yetib boradimi, yo‘qmi, hech kim kafolatlay olmaydi.
- Nensi Pelosi samoleti parvozini dunyoda rekord miqdorda odamlar kuzatishdi, garchi u eng mashhur va taniqli siyosatchi bo‘lmasada. Holat juda ko‘p soxta yangiliklar va taxminlarga to‘lib toshdi. Bu esa jiddiy axborot urushiga o‘xshaydi. Bunday kibertahdidlarga qanday qarshi turish mumkin va bu davlatimizga nisbatan qo‘llanganda qanchalik haqiqat?
- G‘arb mediasi Rossiyaga qarshi olib borayotgan axborot urushiga biz toqat qilmaymiz. Bunda yaxshi jihat yo‘q, ammo bizga nisbatan aytilayotgan yolg‘onlar oqimiga ko‘nikdik.
Zamonaviy dunyoda, axborot urushi oddiy qurollardan kam bo‘lmagan vayronagarchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin - agar axborot hujumlarining jahon iqtisodiyoti, barqarorlik, xavfsizlik va davlatlarning suvereniteti uchun global oqibatlari haqida gapiradigan bo‘lsak.
Avval axborot yolg‘onlari bir tomonlama xarakterga ega edi, garchi ular butun dunyoda tarang vaziyatni yuzaga keltirsada. Ronald Reyganning 1984 yil shanba kuni radioga qilgan murojaatidagi so‘zlarni eslaylik: “Mening amerikalik vatandoshlarim, bugun men Rossiyani abadiy qonundan mahrum qilish to‘g‘risidagi farmonni imzolaganimni ma’lum qilishdan mamnunman. Besh daqiqadan so‘ng bombardimon boshlanadi”. Bu “hazil” o‘shanda juda katta taranglikni keltirib chiqargan.
Hozir bunday ishlar har kuni turli joylardan amalga oshirilyapti. Darvoqe, amerikalik siyosatchilarning hozirgi bo‘g‘ini bunday matnlarni judda jiddiylik bilan yetkazishlari mumkin.
AQSH hozir boshqa mamlakatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Norvegiya va Polsha bilan hamkorlikni kuchaytiryapti. Maqsadi Rossiyaga hujum qiladigan “raqamli platsdarm”larni yaratish.
Yana telekommunikatsiya, transport, elektr tarmoqlari, yirik korxonalar va davlat organlari, favqulodda vaziyatlar xizmatlari, banklar va moliya sektori faoliyatini buzish.
Eslatib o‘taman, bulardan tashqari, “Rossiya propagandasiga qarshi kurash” va “kibermudofaa” bahonasida Polsha, Estoniya va Latviya kibermarkazlari ham ish olib bormoqda. Umuman, turli manbalarga ko‘ra, Rossiyaga qarshi yo‘nalishda harakat qilayotgan NATO va Yevropa Ittifoqi kiber kuchlari 350 ming kishini tashkil qiladi. Yana qariyb 200 ming harbiy- xalqaro nodavlat xakerlik guruhlariga kiradi. Ulardan Pentagon mamlakatimizga raqamli hujumlar uyushtirish yo‘lida faol foydalanadi. Masalan, mana shunday yo‘nalishlardan biri Rutube videoxostingiga qilingan hujumdir.
O‘z texnologik suverenitetni himoya qilishning juda muhim yo‘nalishi o‘z dasturiy mahsulotlar va kompyuter tizimlarini ishlab chiqishdir. Ular dushman mamlakatlarda topilgan raqamli yechimlarga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Xorijiy dasturiy ta’minot va texnik vositalardan foydalanar ekanmiz, kompyuter tarmoqlarimizning to‘liq xavfsizligi haqida gapirib bo‘lmaydi. Bu Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Rossiyada hozirgi paytda jiddiy e’tibor qaratayotgan sohalardan biri.
Axborot sohasida bu mamlakatimizdagi vaziyatni izdan chiqarishga urinayotgan har qanday omilga qarshi turadi. Bizning asosiy qurolimiz - ochiqlik va manbalardan aniq ma’lumot olish, feyklarga qarshi turish qobiliyati.
Bunday ish bilan shug‘ullanadiganlar uchun qonun qat’iy - ko‘plab jinoyatchilar o‘z tajribalaridan ko‘rishgan. Bugungi kunda huquqni muhofaza qilish organlarida bunday harakatlar uchun qonunchilik dastaklari yetarli.
- Yaqinda ijtimoiy tarmoqdagi akkauntingizga buzib kirishdi. Unda SSSR sobiq respublikalari haqida keskin fikrlar bildirilgan post e’lon qilindi. Bunga qanday qilib qarshi kurashishi mumkin?
- Bu kabi ishlar birinchi marotaba sodir bo‘layotgani yo‘q. Ulardan hech kim himoyalanmagan. Hukumat rahbari postini egallaganimda ham bunday hujumlarga uchraganman. Bu hozir aytib o‘tganimiz - axborot urishining bir ko‘rinishidir. Yana bir marta tasdiqlashim mumkin: ijtimoiy tarmoq ma’muriyati va vakolatli xizmatlar xuddi shu masalada tekshiruv olib borishmoqda. Aybdorlar jazosiz qolishmaydi.
KXSHT, YEOII yoki SHHTdagi ittifoqchilarni bir-biri bilan dushman qilib qo‘yishdan manfaatdor bo‘lgan ko‘plab nodo‘st mamlakatlar va siyosatchilar bor. Ammo biz ularga bunday imkoniyatni berib qo‘ymaymiz. Mamlakatimizdagi barcha hokimiyat organlari va hamkorlarimiz faoliyati shunga qaratilgan.
Bunday “ish”larning ayyorona usullari ham bor- masalan, taniqli shaxs nomidan axborot maydoniga qo‘shnilar haqida keskinroq nimadir joylash, tarixiy voqea-hodisalarni pesh qilish, feykning o‘chirilishini kutish va shu yo‘l bilan savdo qilish. Xuddi Rossiya hammasini atayin qilgan, ittifoqdoshlariga jiddiy signal bergan, keyin esa diplomatik yo‘l bilan to‘g‘rilab qo‘ygani kabi. Bir qaraganda, hech qanday “iz” yo‘qdek, ammo “shubha” qolgan. Mana, bilib qo‘ying- “ruslarning haqiqiy niyati nima” qabilida. Mana bu ularning “tajovuzkor xiylalari”.
Yana bir bor alohida ta’kidlab o‘tamanki, biz hech qachon bunday uslubda ishlamaganmiz va ishlamaymiz ham. Bu bizning prinsiplarimiz va odob-axloq tamoyillarimizga to‘g‘ri kelmaydi. Biz do‘stlarimiz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va oshkora, ikkiyuzlamachiliksiz muloqot qilamiz. Dushman kuchlari bizni urushtirib qo‘ya olmaydi. Biz nafaqat rasmiy deklaratsiyalar bo‘yicha, balki amalda ham, mamlakatimiz va xalqlarimiz manfaatlarini aks etgan har kunlik masalalarda ham ittifoqdoshmiz. Bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?