
Foto: Illustrativ curat
Xitoyning Chn-Brand tadqiqot kompaniyasi eng yaxshi smartfon ishlab chiqaruvchilari nomini e’lon qildi. Tadqiqot mijozlarning sodiqligi, ularning kompaniya mahsulotlaridan umumiy qoniqishi parametrlari asosida o‘tkazilgan.
Dastlabki uch o‘rinni jami 86, 85 va 83 ball bilan Apple, Huawei va Xiaomi egallagan. Aynan shu brendlar 2021 yili ham kuchli uchlikka kirgan. Shuningdek, Huawei faqat foydalanuvchilarning sodiqligi bo‘yicha Apple’dan ortda qolgan.
Xitoyning Oppo brendi 2021 yili Honor tomonidan band etilgan to‘rtinchi o‘rinni egallagan, Honor’ning o‘zi esa 2022 yilda beshinchi o‘ringa tushib ketgan. Reytingga birinchi marta kirgan iQOO va Redmi brendlari darhol mos ravishda oltinchi va yettinchi o‘rinlarni egallagan. Vivo va Samsung mos ravishda sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarni band qilib, bir nechta pozitsiyalarni yo‘qotgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar