date
views 1 525

Misr ehromlari bilan tengdosh ibodatxona xarobalari topildi

Misr ehromlari bilan tengdosh ibodatxona xarobalari topildi
Foto: Gazeta.ru
Turli mamlakatlar olimlaridan iborat guruh tomonidan Misrdagi qazilmalar chog‘i Quyosh ma’budi — Raga atab qurilgan ibodatxona xarobalari topildi. Bu haqda «Live Science» xabar berdi.

Ra ibodatxonasiniki ekani aytilayotgan xaroba poytaxt Qohiradan 20 kilometr olisda, Abu-G‘urob ibodatxonalar majmuasi hududida aniqlangan. Dastlabki tekshiruvlar ob’ekt 4 500 yillar avval qurilganini ko‘rsatdi. Ya’ni Misrning mashhur ehromlari bilan tengdosh.

Ibodatxona Beshinchi sulola davrida (miloddan avalgi 2465—2323 yillar) qurilgani taxmin qilinyapti — o‘sha davrda Raga sig‘inish eng yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilgan. Ushbu xaroba, olimlarning fikricha, joylashgan o‘rni noma’lumligicha qolayotgan to‘rtta Quyosh ibodatxonasidan biri bo‘lishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misr ehromlari bilan tengdosh ibodatxona xarobalari topildi