13:58 / 11.08.2022
1 594

Kim Chen Inning singlisi koronavirus tufayli Janubiy Koreyani yo‘q qilib yuborish haqida tahdid qildi

Kim Chen Inning singlisi koronavirus tufayli Janubiy Koreyani yo‘q qilib yuborish haqida tahdid qildi
Foto: Global Look Press
KXDR rahbarining singlisi, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi propaganda va agitatsiya bo‘limi mudiri o‘rinbosari Kim Yo Chjon uning mamlakatida koronavirus tarqatishga uringani uchun Janubiy Koreya hukumatini yo‘q qilib tashlash bilan tahdid qildi, deb yozadi «RBK». Uning gaplarini Koreya Markaziy telegraf agentligi keltirib o‘tdi.

«Agar dushman bizning respublikamizga virus kirishiga sabab bo‘luvchi xavfli xatti-harakatlarini davom ettirsa, biz javob qilamiz, xuddi virusning o‘zini yo‘q qilganimiz kabi Janubiy Koreya hukumatini ham yo‘q qilamiz», — dedi Kim Yo Chjon.

Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 ga qarshi turish — bu shunchaki virusga qarshi kurash emas, balki KXDR va uning xalqiga tahdid qilgan «dushman bilan haqiqiy urush»dir. Kim Chen Inning singlisi janubiy qo‘shnining xatti-harakatlarini «xato» deb atadi.

Koreya respublikasi Birlashuv vazirligi Kim Yo Chjonning Seul Shimoliy Koreyada koronavirus avj olishiga aloqadorligi haqidagi bayonoti yuzasidan afsus bildirdi va ayblovlarni asossiz deb atadi.

Ta’kidlash joiz, KXDR rahbari Kim Chen In koronavirus ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qildi. Uning aytishicha, iyul oxiridan buyon mamlakatda hech kim koronavirusga chalinmagan.

Pxenyan COVID-19 avj olishini Janubiy Koreya tomonida turib uchirilgan havo sharlari bilan bog‘lagandi. Seul buni rad etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen Inning singlisi koronavirus tufayli Janubiy Koreyani yo‘q qilib yuborish haqida tahdid qildi