
Videodan skrinshot
AQSHda voyaga yetgan qiz ota-onasini sudga berdi. Emishki, ota-onasi dunyoga keltirishdan avval undan ruxsat so‘rashmagan...
Tafsilotlar o‘sha qiz internetga video joylashtirgandan so‘ng ma’lum bo‘ldi.
Avvaliga noshukur qiz sudda yutgan, ota-onaga har oy qiziga 5 ming dollardan to‘lab turish majburiyati yuklagandi. Turgan gapki, ota-ona apellyatsiya berishdi va keyingi sud ularning foydasiga hal bo‘ldi. Qiz endi ishlashga majbur.
«Endi ular menga bir chaqa ham to‘lashmaydi. Men esa, ..., ish topishim kerak! Qiziq, tajribani qayerdan olishim kerak? Oliy ma’lumotni-chi? Takrorlayman! Hech kim menga oyiga 5 mingdan ortiq to‘lolmaydi. Xo‘sh, xarajatlarimni kim to‘laydi, qiziq?? Xullas! O‘z bolalaringizga yordam berolmas ekansiz, umuman tug‘mang!», — deya noligan qiz suddan keyin joylashtirgan videosida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar