Bollivudning dunyoga mashhur aktyorlaridan biri Amir Xon hamkasbi, «Ishq» filmidagi partnyori Juhi Chavla bilan qattiq urishib qolgani, hattoki gaplashmasa ham o‘rtasidagi iliq munosabatlar saqlanib qolgani haqida gapirdi.
«Biz ‘Ishq’ filmining suratga olish jarayonidagi qandaydir arzimas gaplar tufayli Juhi bilan janjallashib qoldik. Bu arzimas narsa edi, lekin keyin menda xudbinlik paydo bo‘ldi. Shuning uchun men u bilan boshqa gaplashmaslikka qaror qildim. Hatto suratga olish paytida ham men undan uzoqlashdim. Nega bunday qilganimni bilmayman.
U kelib yonimga o‘tirganida men turib ketardim. Juhi bilan salomlashmadim ham va xayrlashmasdim ham. Faqat sahnada, agar bizdan gapirish talab etilsa, men u bilan gaplashardim. Faqat ish yuzasidan.
Shunday qilib, keyingi olti yoki yetti yil davomida biz gaplashmadik. Lekin Rina bilan ajrashganimdan xabar topgach, u menga qo‘ng‘iroq qilib, uchrashishimiz kerakligi haqida aytdi. Juhi Rinaning ham, mening ham yaqin insonim edi va u bizning kelishmovchiliklarimizni hal qilmoqchi bo‘lgan.
Foto: «Yandeks.ru»
U qo‘ng‘irog‘iga javob bermasligim mumkinligini ich-ichidan sezgan, lekin baribir qo‘ng‘iroq qilgan. Bu holat meni ta’sirlantirdi. O‘rtamizdagi do‘stlikka zarracha putur yetmaganini his qildim. Biz yillar davomida gaplashmagan bo‘lsak-da, lekin biz bir-birimizga g‘amxo‘rlik qilishda davom etdik», — deydi aktyor. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi