11:31 / 14.08.2022
1 114

G‘arb davlatlari Ukrainaga harbiy ehtiyojlar uchun 1,5 milliard yevro va’da qildi

G‘arb davlatlari Ukrainaga harbiy ehtiyojlar uchun 1,5 milliard yevro va’da qildi
Foto: Reuters
Kopengagenda bo‘lib o‘tgan Ukraina uchun donorlar konferensiyasida G‘arb davlatlari mamlakatga harbiy ehtiyojlar uchun 1,5 milliard yevro ajratishga va’da berdi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

Pul Ukrainada qurol-aslaha, jumladan, artilleriya va o‘q-dorilar ishlab chiqarish, ukrainalik askarlarning tayyorgarligini rivojlantirish va kuchaytirish hamda Ukrainaning minalardan tozalash ishlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Bu mablag‘larni 1,5 milliard yevro miqdoridagi Buyuk Britaniya, Daniya va Norvegiyadan ajratilayotgan xayr-ehsonlar tashkil etadi. Biroq Daniya mudofaa vaziri Morten Byodskov «ayrim delegatsiyalar o‘z parlamentlarining qo‘llab-quvvatlovlarini olishi kerakligi» sababli bu ko‘rsatkich oshishi mumkinligini aytgan.

O‘z navbatida Islandiya «instruktorlar tayyorlash» orqali Ukrainadagi hududlarni minalardan tozalashga yordam berishini, Norvegiya esa Buyuk Britaniyada ukrainalik harbiylarni tayyorlashga yordam berishini ma’lum qildi.

Anjumanda 26 davlat va Yevropa Ittifoqi vakillari ishtirok etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘arb davlatlari Ukrainaga harbiy ehtiyojlar uchun 1,5 milliard yevro va’da qildi