21:22 / 14.08.2022
2 652

Janubiy Koreyada KXDR bilan yaqinlashish uchun namoyish o‘tkazildi, biroq...

Janubiy Koreyada KXDR bilan yaqinlashish uchun namoyish o‘tkazildi, biroq...
Seulda minglab odamlar Shimoliy Koreya va Xitoy bilan yaqinlashish shiorlari ostida namoyishga chiqdi. Namoyishchilar hukumatdan shimoliy qo‘shnilari bilan munosabatlarni yomonlashtiradigan qarorlardan, xususan, AQSH bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlardan voz kechishni talab qilishdi. Buning o‘rniga, poytaxt markazidagi miting va marsh tashkilotchilariga ko‘ra, Seul Pxenyan bilan munosabatlarni yaxshilashi va tinchlik shartnomasi imzolanishiga erishishi kerak.

KXDR va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar 1945 yilda, Ikkinchi jahon urushida Yaponiya mag‘lubiyatga uchragach, Koreyaning bo‘linishi bilan boshlangan. Ayni damda mamlakatlar o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv mavjud, biroq ular hali ham urush holatida. Har ikki tomon yarim orolning butun hududiga da’vo qiladi.

2022 yilning 22 mart kuni Koreya Respublikasining saylangan prezidenti Yun Sok Yol KXDR qurolli kuchlari tomonidan bir nechta raketa tizimlaridan raketalar uchirilishi 2018 yil sentabrida imzolangan Koreyalararo keng qamrovli harbiy kelishuvni buzish deb atadi.

2022 yil 27 iyul kuni Koreya Respublikasi Prezidenti ma’muriyati KXDR rahbari Kim Chen In Koreya urushi tugaganining yilligi munosabati bilan qilgan chiqishida Seulga qarshi bayonotlar bilan «tahdid» qilganidan afsusda ekanligini bildirdi. Shuningdek, Koreya Respublikasi hukumati Pxenyanning har qanday provokatsiyasiga qat’iy va samarali javob berishga tayyorligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyada KXDR bilan yaqinlashish uchun namoyish o‘tkazildi, biroq...