Foto: TASS
2021 yilda Rossiya qurol yetkazib berish «rejasini to‘liq bajardi». Bu haqda Rossiya harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmati rahbari Dmitriy Shugayev ma’lum qildi.
«Yillik reja to‘liq bajarildi, xorijlik hamkorlarga 14,6 mlrd dollarlik qurol va harbiy-texnika yetkazib berildi», — dedi Shugayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi o‘n yildan buyon Rossiya yiliga 14-15 mlrd dollarlik qurol sotmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Suriya, Misr, Hindiston, Xitoy, Jazoir, Qozog‘istonga qurol eksport qiladi.
2017–2021 yillarda Rossiya qurol eksport qilish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi – uning ulushi 19 foizni tashkil etdi. Birinchi o‘rinda AQSH (39 foiz), uchinchi o‘rinda Fransiya (11 foiz), to‘rtinchi o‘rinda Xitoy (4,6 foiz), beshinchi o‘rinda Germaniya (4,5 foiz) turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi