Foto: EPA
«Vajnie istorii» internet-nashri fevral oyi oxiridan aprel oyi boshigacha RF armiyasi nazoratida bo‘lgan Ukrainaning Kiyev oblasti Andreyevka qishlog‘ida o‘g‘irlik, talon-torojlik va tinch aholini o‘ldirganlikda ishtirok etgan to‘rt nafar rossiyalik harbiyni aniqladi. Ulardan biri harbiy jinoyatlarni tan oldi va qo‘mondonlarini jazolashni so‘radi, deb yozadi 15 avgust, dushanba kuni gazeta.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, chekinish chog‘ida rus harbiylari qishloqda vayron bo‘lgan va talon-toroj qilingan yuzlab uylarni, o‘ndan ortiq halok bo‘lgan tinch aholi vakillari jasadlarini, shuningdek, qishloq aholisidan birining o‘g‘irlangan telefonida olingan 25 ta fotosuratni qoldirib ketgan. Ushbu fotosuratlarda jurnalistlar Xabarovsk o‘lkasida joylashgan 64-motoo‘qchilar brigadasining harbiy xizmatchilari Daniil Frolkin, Dmitriy Danilov, Ruslan Glotov va Ivan Shepelenkoni aniqladilar.
«Andreyevkada biz suhbatlashgan ko‘plab aholi bu suratlardagi askarlarni eslab qolgan. Mahalliy aholi gapiga qaraganda, ular o‘g‘irlik, talonchilik va hatto qotilliklarga aloqador bo‘lishi mumkin», deb yozadi «Vajnie istorii». Nashr rossiyaliklar bilan aloqa o‘rnatgan, ulardan ikki nafari jurnalistlar bilan gaplashishga rozi bo‘lgan. Daniil Frolkin dastlab qotilliklarga aloqadorligini rad etdi, keyin esa Andreyevkada bir kishini o‘ldirganini tan oldi.
«Men, 51460-harbiy qism harbiy xizmatchisi, yefreytor Daniil Andreyevich Frolkin, Andreyevkada tinch aholini otib o‘ldirish, talon-toroj qilish, telefonlarini tortib olish jinoyatlarini sodir etganimni tan olaman, qo‘mondonligimiz jangchilarimizni, oldingi chiziqda jang qilayotgan barcha piyoda askarlarni e’tiborga ham olmayapti», dedi Frolkin videoda. Shuningdek, u 64-brigada komandirlari Azatbek Omurbekov, Sergey Dmitrenko, Vyacheslav Klobukov, Denis Romanenko va Andrey Prokuratlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.
Frolkinning so‘zlariga ko‘ra, mart oyida qo‘mondonlar undan va yana bir qancha oddiy askarlardan Andreyevkaning uch nafar fuqarosi uyida tintuv o‘tkazish uchun hamrohlik qilishni so‘ragan. Ulardan biri rus askari tomonidan otib o‘ldirilgan. «Frolkin eslagan tafsilotlarga ko‘ra, gap 12 mart kuni Vadim Ganyuk, Vitaliy Kibukevich va Ruslan Yaremchukning o‘ldirilishi haqida ketyapti. Daniil Ruslan Yaremchukka otgan bo‘lishi mumkin. U otib o‘ldirilgan shaxsni fotosuratdan tanimadi, balki shok tufayli ko‘p narsani unutgan bo‘lishi mumkin. Keyinroq Daniil o‘ldirilgan Yaremchukning suratini xizmatdoshiga ko‘rsatgan, u ham tintuvlarda ishtirok etgan va u Frolkin aynan shu shaxsni otganini tasdiqladi», deyiladi jurnalistlar materialida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi