Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an Lvovdagi muzokaralar chog‘ida Vladimir Zelenskiyga Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan Turkiyada uchrashuv o‘tkazishni taklif qilganini aytdi.
Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvning asosiy mavzusi fevral oyidan beri davom etayotgan mojaro bo‘lgan.
“Biz janob Zelenskiy bilan ikki tomonlama munosabatlarimizning barcha jabhalarini muhokama qildik. Men birdamligimiz va Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashimiz davom etishini yana bir bor ta’kidladim. Sochiga tashrifim chog‘ida Putinga aytganimdek, janob Zelenskiyga ham ular o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishimiz mumkinligini eslatdim”, dedi Erdog‘an Lvovdan qaytgach, samolyotda jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uch tomonlama uchrashuvda (Erdog‘an, Zelenskiy va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish) Ukraina g‘allasini eksport qilishni osonlashtirish bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan qadamlar muhokama qilingan. Bundan tashqari, Turkiya prezidenti Putin bilan Zaporoje atom elektr stansiyasidagi vaziyatni muhokama qilmoqchi ekanligini qo‘shimcha qilgan.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada harbiy operatsiya o‘tkazmoqda, Vladimir Putin bundan maqsadni “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mudofaa vazirligi armiya birinchi bosqichning asosiy vazifalarini allaqachon bajarganini xabar qilgan - bu Ukraina Qurolli kuchlarining jangovar salohiyatini sezilarli darajada pasaytirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin