Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti maslahatchisi Aleksey Arestovichning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyning atrofidagilar va G‘arb yetakchilari Ukraina prezidentiga Kiyevni tark etishni taklif qilgan, ammo u buni rad etgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy urushning dastlabki kunlarida agarda qon to‘kilishi to‘xtashiga yordam beradigan bo‘lsa, iste’foga chiqishga tayyorligini aytgan, deb yozadi The Washington Post Zelenskiyning g‘arblik siyosatchilar bilan suhbatiga tayanib.
«Agar ketishim qon to‘kilishini to‘xtatadigan bo‘lsa, men bunga tayyorman. Hoziroq ketaman», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan gazeta.
Ukraina prezidenti maslahatchisi Aleksey Arestovichning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyning atrofidagilar va G‘arb yetakchilari Ukraina prezidentiga Kiyevni tark etishni taklif qilgan, ammo u buni rad etgan.
Zelenskiy Kiyevni tark etish bilan poytaxt jangsiz boy berilishi, bu esa Ukraina hukumatining parchalanishiga olib kelishi mumkin deb hisoblagan.
Gazetaning yozishicha, Volodimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilgan davlat rahbarlarining hech biri Ukraina Rossiyaga qarshi tura olishiga ishonmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi