
Yaxta Katandzaro portidan 9 dengiz mili olisda cho‘kkan.
Foto: SuperYacht Times
Italiyada rossiyalik tadbirkorga qarashli 50 million dollarlik «My Saga» yaxtasi cho‘kib ketdi. Bu haqda SuperYacht Times xabar berdi.
Kema Kayman orollari bayrog‘i ostida, italiyaliklardan iborat ekipaj boshqaruvida Galliopidan Milatssoga suzib kelayotgandi. 20 avgust kuni ekipaj xabar jo‘natib, kema bortida ko‘p suv to‘planganini, uni tark etayotganini bildirgan. Yaxtani qirg‘oqqa tortib kelishga urinib ko‘rishdi, biroq yomon ob-havo tufayli buning imkoni bo‘lmadi, kema suv ostiga ravona bo‘ldi.
OAV superyaxta Gennadiy Ayvazyanga tegishli ekanini yozmoqda. U «Kuzbassrazrezugol» (Rossiya) ko‘mir kompaniyasi egalaridan biri hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar