Foto: AP
Bir guruh keniyaliklar Britaniya hukumatini Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga berdi. Keniyaning Kericho regionida yashovchi aholi Buyuk Britaniyadan 200 milliard dollar kompensatsiya undirmoqchi.
Da’vo arizasida aytilishicha, 19 asrda ikki qabila a’zolari o‘z yerlaridan quvg‘in qilingan va bu yerlar choy ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga berilgan. Ulardan tortib olingan yerlar hozirda transmilliy korporatsiyalarga tegishli va yiliga millionlab dollar foyda keltirmoqda.
Shu sababli keniyaliklar mustamlakachilik davrida choy yetishtiriladigan yerlari egallab olingani uchun kompensatsiya olish niyatida.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 1963 yilgacha davom etgan Britaniya mustamlakachiligi davrida Kerichoda yashovchi yarim milliondan ortiq keniyaliklarning huquqlari poymol qilingan.
Keniya choy eksport qilish bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlardan hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi