1 953
Forbes «Kiyev paradi»da ko‘rsatilgan rus harbiy texnikalarining qiymatini hisoblab chiqdi
Kiyev ko‘chalarida Ukraina-Rossiya urushida yaroqsiz holga kelgan rus harbiy texnikalarining «parad»i bo‘lib o‘tmoqda. Unda urushda zararsizlantirilgan 80ga yaqin harbiy texnikalar qatnashgan. Ekspozitsiya Ukraina Mustaqillik kuni oldidan 20 avgust kuni ochilgan va 26 avgustga qadar davom etadi.
Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov mazkur ko‘rgazmaga o‘z munosabatini bildirib, «bosqinchilar poytaxtimizda parad o‘tkazmoqchi edi. Mana, ular shu yerda. Faqat yuzlab tonna metallolom ko‘rinishida», deya tvit qoldirgan.
Forbes nashri ushbu «parad»da ishtirok etgan texnikalar qiymatini, ya’ni bu yo‘qotishlar Rossiyaga qanchaga tushganini hisoblab chiqdi.
Unga ko‘ra, mazkur ko‘rgazmadagi harbiy texnikalarning umumiy qiymati 176 million dollarga yetadi. Xususan, «parad»da 7 ta T-90 Vladimir tanklari qatnashgan. Bittasining narxi 4 million dollar.
Yana bir muhim eksponat – «Pansir-S1» o‘ziyurar zenit-raketa va qurol majmuasi. Nashr ushbu texnikaning narxini 14 million dollarga baholagan.
Shuningdek, ko‘rgazmada siz quyidagilarni ko‘rishingiz mumkin:
- 7 ta o‘ziyurar gaubitsa «Msta-S». Bittasining narxi 5,6 million dollarni tashkil qiladi;
- 3 ta «Solnsepek» o‘t o‘chirish tizimlari. Bittasining narxi 15 million dollarni tashkil qiladi;
- 6 ta «Tayfun» zirhli transport vositalari. Bittasining narxi 3 million dollarni tashkil qiladi;
- 10 ta T-80 tanklari. Har birining narxi 1,5 million dollarni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bu yoqib yuborilgan rus texnikalarining eng katta ko‘rgazmasi, ammo birinchi emas. May oyida ham xuddi shunday ekspozitsiya Kiyevdagi Mixailivska maydonida ochilgan edi.
Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi