Foto: «RIA Novosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan telefon muloqoti chog‘ida Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmatiga tayanib, «Kommersant’» xabar berdi. Shuningdek, Putin Lukashenkoni tug‘ilgan kuni bilan ham tabriklagan. Bugun, 30 avgust kuni Belarus rahbari 68 yoshga to‘ldi.
«Telefon orqali muloqot chog‘ida Vladimir Putin Belarus respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenkoni tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi. Ikki tomonlama kun tartibidagi ayrim dolzarb masalalar, shuningdek, Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi», — deyiladi Kreml xabarida. Siyosiy kun tartibi tafsilotlariga aniqlik kiritilmagan.
Bundan tashqari Vladimir Putin Belarus rahbariga telegramma yo‘llab, unda Lukashenko bilan munosabatlarning «o‘rtoqlik» xarakterini qayd etgan hamda belaruslik siyosatchining «umumiy xavfsizlikka bo‘layotgan tahdidlarga qarshi turish»dagi sodiqligini e’tirof etgan.
2 mart kuni Belarus Rossiya armiyasining Ukraina hududidagi harakatlarini qoralovchi BMT Bosh assambleyasi rezolyutsiyasiga qarshi ovoz bergan to‘rt davlatdan (KXDR, Suriya va Eritreya bilan birga) biri bo‘lgandi. Jahon hamjamiyati Belarusni Rossiya rahbariyatiga yordam berishda hamda Rossiya qurolli kuchlari Ukrainada jangovar harakatlar olib borishi uchun ularga o‘z hududidan joy berishda ayblamoqda, shu sababli Belarus jismoniy va yuridik shaxslariga qarshi ham sanksiyalar joriy etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi