
Foto: Shutterstock
Xitoydagi mobil ilovalar va onlayn o‘yinlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi NetDragon Websoft kompaniyasi Tan Yu deb nomlangan sun’iy ongga ega gumanoid robotni bosh direktor etib tayinladi. Bu haqda Metro nashri xabar berdi.
«Sun’iy ong korporativ boshqaruv kelajagi ekanligiga ishonamiz. Tan Yu xonimning bosh direktorlikka tayinlanishi sun’iy ongdan foydalanishga bo‘lgan sa’y-harakatlarimiz isboti hisoblanadi», — dedi NetDragon Websoft raisi Detszyan Lyu.
Robotning texnik xususiyatlari haqida ma’lumot berilmagan.
Kompaniyadagilarning so‘zlariga ko‘ra, u ish jarayonlarini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, Tan Yu barcha xodimlarning ish faoliyatini haqqoniy baholaydi.
Xitoydagi KompaniyaSun’iy OngRobot Bosh DirektorNetDragon WebsoftTan YuMobil Ilovalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing