Ukraina prezidenti Moskva ma’muriyati urushni davom ettirar ekan, embargo qo‘llanilishi kerakligini ta’kidladi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi urush uchun nafaqat Rossiya prezidenti Vladimir Putin, balki butun Rossiya javobgar ekanligini aytdi.
17-Bled strategik forumida nutq so‘zlagan Zelenskiy Rossiya muzokaralar olib borishni istamasligini ta’kidladi va uni unga tegishli bo‘lmagan hamma narsani tortib olishga intilayotgan alligator bilan solishtirdi.
Sloveniya Bosh vaziri Robert Golob, Islandiya Prezidenti Gudni T. Yoxannesson, Xorvatiya Bosh vaziri Andrey Plenkovich va Albaniya Bosh vaziri Edi Rama ishtirok etgan forumda Zelenskiy videokonferensiya orqali nutq so‘zladi.
“Rossiya muzokaralarga tayyor emas, ularda muzokaralar olib borish istagi yo‘q. Talablari orasida Donbass va Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishimiz kerak bo‘lgan qator ultimatumlar bor. Va yaqinda Ukrainaning bosib olingan hududlarida yangi "referendumlar" seriyasini o‘tkazgandan so‘ng, mamlakatimiz janubini Rossiya hududi sifatida tan olishi kerakligini ommaviy ravishda aytishni boshladilar”, dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti Rossiyani alligatorga qiyosladi, u o‘ziga tegishli bo‘lmagan hamma narsani tortib olishga juda ishtiyoqlidir:
“Ruslarga nima deyishingiz, har qanday so‘z aytishingizning ahamiyati yo‘q. Muzokara qilib, sulh tuzsangiz ham befoyda. Shundan keyin ham ular Ukrainaning boshqa hududlarini bosib olish uchun harakat qilaveradi", dedi u.
Rossiya Boltiqbo‘yidan tortib Qozog‘istongacha butun mintaqaga tahdid solayotganini iddao qilgan Zelenskiy, Moskva ma’muriyati urushni davom ettirar ekan, embargo amalda bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi