5 229
«Tarixni o‘zgartirgan shaxs». Gorbachyov o‘limiga dunyo yetakchilarining munosabati qanday?
Avval xabar qilinganidek, SSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov 92 yoshida vafot etdi. Moskva markaziy klinik shifoxonasi ma’lumotiga ko‘ra, u uzoq davom etgan og‘ir xastalikdan aziyat chekkan.
Rossiya OAVlari siyosatchining pandemiya boshidan buyon ushbu kasalxona shifokorlari nazoratida bo‘lganini yozgan. Umrining so‘nggi yilini ham u kasalxonada o‘tkazdi.
Mixail Sergeyevich Gorbachyov KPSSning so‘nggi bosh kotibi, shuningdek, Sobiq Ittifoqning birinchi va oxirgi prezidenti edi.
Bundan tashqari, u Nobel mukofoti sovrindori, Rossiya va dunyo tarixi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazadigan «Gorbachyov-fond» asoschisi bo‘lgan.
Fond bergan ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq prezident Moskvadagi Novodeviche qabristonida xotini Raisa Maksimovna yoniga dafn etiladi. Dafn marosimining qachon bo‘lishi hozircha noma’lum.
Dunyo yetakchilari munosabati qanday bo‘ldi?
«1990 yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritib, u tinchlikning turfaxilliklarning yig‘indisi ekanini aytgandi. U muzokaralar, shaffoflik va qurolsizlantirish yo‘lidan borib ushbu muhim tushunchani amaliyotga joriy etdi», — degan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Gorbachyov tarixni o‘zgartira olgan shaxs hisoblanadi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin Gorbachyov o‘limidan qayg‘uda ekani, uning yaqinlariga telegramma yuborishini aytgan.
«Lavozimini uzoq yillar avval tark etgan bo‘lsa-da, u faol edi. Gorbachyov 2009 yilda oq uyga kelganda, AQSH va Rossiya yadro arsenalini qisqartirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida uzoq suhbatlashgandik. Nima uchun uni dunyoda ko‘plab odamlar qadrlashini bilish oson edi», — degan AQSH prezidenti Jozef Bayden.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson marhumning jasoratidan doimo hayratga tushganini ta’kidlagan.
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyaynen Gorbayovni «hurmatga sazovor va ishonchli yetakchi» deb atab, «sovuq urush» yakunlanishi bilan bog‘liq xizmatlarini alohida qayd etgan.
«Uning xizmatlarini hech qachon unutmaymiz», — degan YEK raisi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Gorbachyovni tarixni o‘zgartirgan shaxs sifatida baholagan.
Nemis siyosatchilari Sobiq Ittifoqning so‘nggi rahbarining Berlin devori qulashiga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidlagan. Bundestag vitse-prezidenti Katrin Gyoring-Ekkard Gorbachyovning Sharqiy Yevropa, jumladan, Germaniyada tinch siyosiy inqiloblar sodir bo‘lishidagi o‘rnini qayd etgan.
Avstriya kansleri Karl Nexammer uning Sharq va G‘arbni yaqinlashishiga katta hissa qo‘shgan deb hisoblaydi.
«Gorbachyov bizga ozodlik berdi. U Rossiya va uning atrofidagi davlatlar, shuningdek, Yevropaning yarim aholisiga ozodlik berdi. Rossiyada u bergan ozodlikdan qanday foydalandik — bu bizning mas’uliyatimiz», — degan rus siyosatchisi Grigoriy Yavlinskiy. Uning fikricha, kamdan kam shaxslar o‘z davriga Gorbachyov kabi ulkan ta’sir ko‘rsata olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi