
Samolyot halokatga uchragan joyda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda
Foto: Twitter
Amerikaning Vashington shtatida gidrosamolyot qulashi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda AQSH qirg‘oq xavfsizlik xizmati xabar qildi.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Fraydey-Harbor shahridan Sietl xalqaro aeroportiga uchayotgan edi. U Vashington shtatidagi Uidbe orolining g‘arbiy qismida joylashgan Mutini ko‘rfaziga qulagan. Samolyot bortida 10 kishi, jumladan, bir bola bo‘lgan.
«Bir kishi o‘lik holda topildi, sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan», — deyiladi Sohil xavfsizlik xizmati xabarida.
Parvozlarni kuzatish servisi Flightradar aniqlik kiritishicha, N275TH davlat raqamiga ega 55 yoshli Havilland Canada DHC-3 samolyoti halokatga uchragan.
Samolyot Tinch okeaniga cho‘kib ketgan, ko‘rfazda uning omon qolganidan dalolat beruvchi belgilar yo‘q, dedi Fox13 muxbiri guvohlarga tayanib. Ko‘rfazda sakkizdan ortiq kema ishtirokida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar