09:09 / 06.09.2022
1 522

Hukumat musulmon va hindlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymoqda – Raxul Gandi

Hukumat musulmon va hindlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymoqda – Raxul Gandi
Ishsizlik va narx-navo oshishi oqibatida minglab hindistonliklar Rahul Gandi atrofida to‘plandi. Hindiston milliy kongressi partiyasi sobiq yetakchisi amaldagi bosh vazir Narendra Modini muammolarni yechishda layoqatsizlikda aybladi.

Gandi bosh vazirni yirik biznesga foyda keltiradigan siyosat yuritishda ayblagan.

Narendra Modi Kongress 70 yil nima qildi degan savol berdi. mening javobim shu: Kongress 70 yil davomida mamlakatga bu qadar narx o‘sishini ko‘rsatmagandi”, – degan u Nyu-Dehlidagi chiqishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat Bxaratiya Djanata partiyasi mafkurasiga tayanib, musulmon va hindlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymoqda. Bu esa mamlakatda qo‘rquv va nafrat muhitining vujudga kelishiga sabab bo‘lyapti.

Gandi benzin, dizel, gaz va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi Modi hokimiyatga kelgan yillarda 40-175 foizga oshganini ta’kidlagan. U bosh vazirni ikki yirik sanoatchining foydasiga ishlayotganini, ulardan biri Hindiston portlari, aeroportlari, neftni qayta ishlash zavodlari, informatsion texnologiyalar va yirik media markazlarni boshqarayotganini qayd etgan.

Modi ikkita Hindiston yaratdi: biri qashshoqlarga qarashli, bu yerda birorta orzuni amalga oshirib bo‘lmaydi, boshqasi yirik biznesmenlarga tegishli mamlakat”, – degan siyosatchi.

Bunga javoban Modi hukumatidagi moliya vaziri Nirmala Sitxaraman mamlakat iqtisodiyoti retsessiya jarayonidan uzoqda ekanini ma’lum qilgan. bundan tashqari, hukumat 2014 yildan buyon millionlab hindistonliklar hayoti farovonlashganini ta’kidlagan.

Osiyoda uchinchi yirik iqtisodiyot hisoblanadigan Hindiston iqtisodiyoti pandemiyadan so‘ng o‘zini tez sur’atlarda tiklamoqda. Shu bilan birga COVID-19 davrida elektron savdoning keskin o‘sishi ortidan o‘rta va kichik korxonalarning yirik korporatsiyalar bilan raqobatlashishi qiyinlashdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti aprel-iyun oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13.5 foizga oshdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo