date

2016 yilgi Olimpiada o‘yinlari o‘tadigan shaharda falokat yuz berdi

2016 yilgi Olimpiada o‘yinlari o‘tadigan shaharda falokat yuz berdi

Braziliyaning Rio-de-Jeneyro shahrida qurilishi endi tugagan velosiped ko‘tarma yo‘li dengizga qulab tushdi, natijada ikki kishi halok bo‘ldi. Bu bilan Olimpiada musobaqalari o‘tkaziladigan mezbon shaharga bildirilgan ishonchga putur etdi, deya “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

Tim Maia ciclovia’ning 50 metrlik bo‘lagi asosiy qismdan ajralib ketdi. Tim Maia’ning qurilishiga 12.6 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflangan edi va u 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlari uchun yirik loyihalardan biri hoblanadi.

Mahalliy OAVning yozishicha, halokat yuz bergan vaqtda bir necha kishi yo‘lak ustida bo‘lgan. Olar orasidan ikki kishi dengizga g‘arq bo‘ldi, qolganlari esa qutqarib qolindi.

“Bunday hodisalarni kechirib bo‘lmaydi”, deydi mahalliy hokimiyat vakili Pedro Carval’o.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 5-21 avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Jeneyro shahrida Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada 206 ta davlatdan sportchilar ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlari o‘tadigan shaharda falokat yuz berdi