12:33 / 13.09.2022
1 214

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi yangi to‘qnashuvga nima sabab bo‘ldi?

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi yangi to‘qnashuvga nima sabab bo‘ldi?
Kechasi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston bilan chegarada mojaro va to‘qnashuvlar avj olgani haqida xabar berdi. Ozarbayjon va Armaniston tomondan kelayotgan xabarlarga qaraganda, to‘qnashuvlar keng ko‘lamli xarakterga ega.

So‘nggi bir oy davomida Armaniston qurolli kuchlarining Lochin va Kalbajar tumanlari yo‘nalishida provokatsiyalari tez-tez uchrab, ular Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini ham o‘qqa tutgan. Bunday holatlar yanada shiddatli va tizimli bo‘la boshladi.

Bundan tashqari, Armaniston qurolli kuchlarining qo‘poruvchilik va razvedka guruhlari tomonidan Ozarbayjon hududiga bir necha bor bostirib kirishga urinishlari fosh etildi. Biroq ozarbayjon bo‘linmalarining hushyorligi tufayli bu urinishlar barbod bo‘ldi.

So‘nggi paytlarda kuzatuvchilar Ozarbayjon chegaralarida Armanistondan hujum qurollari, og‘ir artilleriya va shaxsiy tarkib to‘planganini qayd etishgan. Bundan tashqari, Armanistonning yuqori martabali mulozimlarining bayonotlariga qaramay, Rossiya tinchlikparvar kuchlari tomonidan vaqtincha nazorat qilinadigan Ozarbayjon hududlarida Armaniston qurolli kuchlarining shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasi mavjud bo‘lib qolmoqda. Qolaversa, ular noqonuniy arman qurolli guruhlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Mudofaa vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Armaniston qurolli kuchlarining diversion guruhlari tungi vaqtda tog‘li yerlar va daralarda turli yo‘nalishlarda Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari pozitsiyalari va ta’minot yo‘llari orasidagi hududlarni minalash ishlarini amalga oshirgan.

Bu esa Ozarbayjon Qorabog‘ va Sharqiy Zangezurda 30 yillik ishg‘ol natijalarini bartaraf etishda davom etayotgan va minalardan tozalash bo‘yicha keng ko‘lamli va murakkab gumanitar missiyani amalga oshirayotgan bir paytda ro‘y bermoqda.

Shubhasiz, Armaniston harbiy-siyosiy rahbariyati bunday harbiy sarguzashtlari bilan mintaqada keskinlikni keltirib chiqarishga, tinchlik bitimi bo‘yicha muzokaralarni buzishga, uch tomonlama kelishuv bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdan qochishga harakat qilmoqda. Bundan tashqari, Armaniston tomoni Ozarbayjonning Qorabog‘ va Sharqiy Zangezurdagi qurilish ishlarini buzishga urinmoqda. Shunday qilib, mavjud vaziyat uchun butun javobgarlik faqat Armanistonning harbiy-siyosiy rahbariyatiga yuklanadi.

Mudofaa vazirligidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, Ozarbayjon armiyasi Armaniston provokatsiyalarining oldini olish, shuningdek, mamlakat hududiy yaxlitligi va suverenitetiga tahdidlarni bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Armanistonning yangi provokatsiyalari chegara yaqinida xavfsiz hudud yaratish masalasini dolzarblashtirdi. Aks holda Armanistonning provokatsiyalari davom etadi. Mojaroning navbatdagi avj olishi Ozarbayjonning Armaniston bilan tinchlik bitimi tuzishga urinishlari fonida yuz bermoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo